“Bilayn”ning uchinchi avlodi ishga kirishdi
12.08.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa opеratori «Uchinchi avlod-2009» dasturi doirasida O‘zbekistondagi qator oily o‘quv yurtining talabalari o‘tayotgan kompaniyada malaka oshirishning boshlanganligi haqida ma’lum qiladi.

Loyihaning birinchi bosqich natijalariga ko‘ra “Unitel”ga ishlash uchun shartnoma asosida Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining (TATU) IV bosqichida ta’lim olayotgan 6 nafar talaba tanlab olingan edi. Bir yillik shartnoma imzolangan talabalarda nafaqat o‘zlarining javobgarlik hududlari, balki ular muvaffaqiyat bilan hal etayotgan o‘zlarining vazifalari ham bor.

Dastur birinchi bosqichining natijalarini sharhlar ekan, «Unitel» MChJ tashkiliy rivojlanish hamda xodimlar bilan ishlash bo’yicha Direktori Elena Konstantinovna shunday dеdi: «Uchinchi avlod» ning maqsadi nafaqat kompaniyamizda ishlash uchun eng yaxshi talabalarni ajratib olish, balki butun respublika uchun malakali zaxirani shakllantirishdir. Bitiruvchilarga kelsak, dastur iqtidorli yoshlar uchun yaxshigina ish boshlash imkoniyati, stabil ish va ertangi kunga ishonchni ta’minlaydi».

beeline_12_08_2009

“Men uchun “Unitel”da malaka oshirish o‘zimning iqtidorimni ro‘yobga chiqarish uchun a’lo darajadagi imkoniyat, sababi “Bilayn” oily o‘quv yurtlarida olgan bilimlarimizni amaliyotda tatbiq etish imkoniyatini beradi, — deb qayd etadi “Unitel” MChJ ning transport tarmog‘ini rejalashtirish va optimallashtirish bo‘limining malaka oshiruvchisi Anton Markov. – Bundan tashqari “Uchinchi avlod” dasturi doirasida biz, malaka oshiruvchilar uchun bir qator ajoyib treninglar belgilangan”.

beeline_12_08_2009_1

Eslatib o‘tamiz, «Uchinchi avlod» yangi ishtirokchilarining navbatdagi malaka oshirishi 2009 yilning 1 iyul kuni boshlanib, 31 avgustiga qadar davom etadi. Ikki oylik amaliyotni uchinchi bosqich talabalari nafaqat Toshkentda, balki Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Andijonda ham o‘tashadi. Natijalarga ko’ra o’zini yaxshi tomondan ko’rsatgan talabalarga «Unitel» kompaniyasi bilan bir yil davomida hamkorlikni davom ettirish borasida taklif beriladi. Ularga oily o’quv yurtidagi ta’lim bilan birgalikda olib borish uchun shaxsiy ish tartibi taklif etiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq