«Mening musiqam»: «Bilayn» dan o‘tayotgan yozning TOP-10
11.08.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa opеratori «Mening musiqam» (Ring Back Tone (RBT) – chaqiruv gudogi o’rniga musiqa) xizmatining TOP-10 ringtonini taqdim etadi.

beeline_11_08_2009

“Bojalar” guruhining taniqli xonandasi Jahongir Poziljonov, ularning uchta kompozitsiyalari «Bilayn» xit-paradi TOP-10 ga kirganligini eshitib, shunday dedi: “Bizning qo‘shiqlarimiz sizlarning abonentlaringiz o‘rtasida shunchalik mashhurligidan xursandman. “Bilayn” abonentlari zerikarli chaqiruv ovozi o‘rniga yoqimli musiqani tanlab olish imkoniyatiga ega ekanliklari hamda “Mening musiqam” xizmatidan faol foydalanishayotganligi judayam ajoyib. Bizning ijodimiz muxlislariga katta minnatdorchilik bildiraman! Afsus, men bu yangilik bilan do‘stim, “Bojalar” guruhining sobiq a’zosi Mo‘min Oripov bilan o‘rtoqlasha olmayman”.

TOP-10 natijalarini sharhlar ekan, ommaviy aloqalar bo’yicha Katta menejer Oraz Abdurazakov qayt etdi: “RBT fonotekasi – abonentlarning musiqiy qiziqishlari asosida rivojlanuvchi tirik organizmdir. Mazkur xizmat ko‘plab insonlarning harakatlari natijasi o‘laroq taraqqiy etadi. Yaqin orada “Mening musiqam” imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi, shuning uchun abonentlarimiz xotirjam bo‘lishlari mumkin, “Bilayn” hech qachon bir joyda to‘xtab qolmaydi”.

«Mening musiqam» xizmati 2007 yilning iyun oyida ishga tushirilgan edi. Mazkur xizmat qo’ng’iroq qilayotgan abonent uchun odatdagi chaqiruv gudogini mashhur musiqa, hazil yoki kutilmagan tovushga almashtirish imkonini berdi. Bugungi kunda «Bilayn»ning 500 000 ga yaqin abonentlari «Mening musiqam» xizmatining foydalanuvchilari hisoblanadi. «Mening musiqam» musiqalar bo’yicha katta tanlov imkoniyatini beradi, ularni siz eshitishingiz va tanlab olishingiz mumkin, buning uchun portalidan foydalanishingiz yoki 0644 raqamini terishingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq