«Bilayn» sanoat alpinizmini o‘zlashtirdi
10.08.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» yagona aloqa operatori «Unitel» MChJ texnik mutaxassislarining alpinistlarning moslamalarini qo‘llagan holda sanoat alpinizmi uslubi bilan balandlikda ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha o‘quv ishlarining yakunlanganligi haqida ma’lum qiladi.

Ta’lim Samarqanddagi “Artuch” alpinistlar bazasining ishlab chiqarish poligonlari hamda Farg‘onada joylashgan FVV ning o‘quv-mashq poligonlarida o‘tkazildi. O‘zbekiston tog‘ va alpinism federatsiyasining tajribali alpinist-yo‘riqchilari, shuningdek, O‘zbekiston ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi “Bilayn” mutaxassislariga arqonni tugun qilib bog‘lash, vertikal va gorizontal harakatlanish, yuqori qavatli uyali aloqa minoralarida balandlikda ishlar olib borilganda hamkorni qo‘llab-quvvatlash va boshqalarni o‘rgatishdi. O‘quv jarayoni davomida asosiy e’tibor dastlabki birinchi yordam masalalariga qaratildi. Trenajerlar sifatida metallokonstruktsiyadan yasalgan 30 metrlik minoralar va 16 metrlik sun’iy rel’eflardan foydalanildi.

bee_10_08_2009

Voqeani sharlar ekan, «Unitel» MChJ Texnik direktori Anton Golikov qayd etdi: “Bizning kompaniya nafaqat doimiy tarzda taqdim etilayotgan xizmatlarimizning sifatini oshirishga, balki xodimlarning xavfsizligini ta’minlashga ham katta e’tibor beradi. Ishonchli himoyalangan hamda sanoat alpinizmining yaxshigina ko‘nikmalariga ega xodimlar, nafaqat yaxshi ish unumini, balki yuqori sifatli ishlab chiqarish namunasini ham ko‘rsatadilar. Shunday qilib, bizning mijozlarimiz “Bilayn” tarmog‘iga yuqori darajada texnik xizmat ko‘rsatilishiga ishonch hosil qilishlari mumkin”.

Barcha hududiy filiallardan tashrif buyurgan 61 nafar kurs tinglovchilari sanoat alpinizmi bo‘yicha muvaffaqiyatli imtihon topshirishdi hamda ma’lum tartibda o‘rnatilgan guvohnoma egasiga aylanishdi. Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarini birlashtiruvchi «Unitel» MChJ ning Sharqiy hududiy filiali Texnik-injiniring xodimlariga qo‘shimcha raviishda sertifikatlat topshirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq