UCell «U-Zone» chegirmalar hududini taqdim etdi
05.08.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ucell_31_07_2009
UCell Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi o‘z abonentlari uchun «U-Zone» chegirmalar hududini taqdim etdi, bu hududlarda UCell abonentlari chegirmalarga ega bo‘ladilar. Va bu chegirmalar hududi har oyda yana ham kengayib boradi.

Kundalik hayotda barchamiz kafe, bar, restoran va do‘konlarga kiramiz. Shuningdek biz yana maroq bilan dam olishni ham yoqtiramiz: klublarga boramiz va tog‘dagi dam olish maskanlariga chiqamiz.

UCell o‘z abonentlariga hamisha e’tibor qaratadi vaUCell hamkorlar bilan birgalikda yangi unikal chegirmali U-Zone dasturini taqdim etadi.

Endi UCell abonentlari kafe va restoranlarda, peyntbol-klubi va maishiy-texnika do‘konlarida chegirmalarga egalar.

Shu tarzda, UCell o‘z abonentlariga g‘amho‘rlik ko‘rsatishning yangi pog‘onasiga ko‘tarilmoqda.

To‘lovni amalga oshirish vaqtida hamkorlarimiz chegirmalariga ega bo‘lish uchun quyidagilar lozim:

• «Faol» holatda bo‘lish;
• 9090 qisqa raqamiga SMS orqali hamkorga biriktirilgan ikkita belgini yo‘llash;
• unikal kodga ega bo‘lish;
• hisob-kitob vaqtida ushbu kodni hamkorimiz hodimiga ko‘rsatish.

UCell abonentlari uchun chegirmalar hududi doimo kengaymoqda!

Barcha batafsil ma’lumotni www.ucell.uz Internet sahifasidan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq