Kattaligi Pushkinning kitobi bilan, hajmi kutubxona bilan teng! Samsung STORY Station tashqi ma’lumotlarni to‘plovchisi
04.08.2009
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

samhdd_27_07_2009

Siz qachondir har birimiz hayotimizda qancha qo‘shiqlarni tinglaganimiz to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganmisiz? Shuncha vaqt davomida qancha eski fotosuratlarni saqlashimiz yoki qancha badiiy filmlarni tomosha qilishimiz to‘g‘risida-chi? Bizning multimediali asrimizda axborotlar endi kitoblar tomlari, plastinkalar va kassetalar bilan emas, balki saqlanadigan, olib yuradigan va ko‘chirib oladigan terabaytlar bilan o‘lchanadi.

Eng qiziqarli tomoni, terabaytlarda saqlanadigan ma’lumotlar hajmi qurilmaning kattaligiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Pushkinning kitobi kattaligida bo‘lganicha qoldi va hatto biroz ixchamlashdi. 3,5” formatdagi qattiq magnit disklaridan (HDD) foydalanilgan tashqi ma’lumotlar saqlovchisi, xususan, Samsung STORY Station modeli to‘g‘risida gapirayapman.

Samsung kontentni saqlash stansiyasi
Samsung Electronics kompaniyasi jahonda HDD qattiq disklari to‘rt asosiy ishlab chiqaruvchilaridan biri, shu bilan birga, shaxsiy komyuterlar uchun 3,5” formatli hamda mobil kompyuterlari uchun 2,5” formatli qattiq disklar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ushbu kompaniyaning mahsulotlari turlari to‘plamida tashqi HDD lineykasi ham borligi albatta tushunarli, unga quyidagilar kiradi: S1 Mini seriyali 1,8 dyuymli va mobil foydalanish uchun S2 Portable seriyali 2,5 dyuymli va zaxira ko‘chirib olish va ish joyida foydalanish uchun Samsung STORY Station seriyali 3,5 dyuymli disklar.

Samsung STORY Station seriyali tashqi qattiq disklari to‘rt modellari bilan taqdim etilgan —500 Gb, 1 Tb, bir yarim va 2 Terabayt sig‘imli. 2 Tb sig‘imi qurilmaga 500 mingtagacha MP3 formatidagi (128 Mbit\s bitreyti bilan bir qo‘shiqqa 4 minut) qo‘shiqlarni yoki JPEG formatidagi (agar bir foto 3,5 Mb bo‘ladi deb hisoblansa), 568 ming fotosuratlarni yozib olish yoki bo‘lmasa, DVD-video sifati bilan (bir soat yozishga 2,25 Gb bo‘lganida) 880 soatli videosi bo‘lgan kattalikdagi videotekani saqlash mumkin. Nima qilganda ham qo‘shiqlar mana shunday katta sonini balki topish va yozib olish mumkin emas, lekin agar har kuni 24 soat davomida DVD-video tomosha qilganda ham deyarli 37 kun kerak bo‘ladi!

Bizning tahririyatimiz 1 Tb sig‘imli Samsung STORY Station modelini tanishib chiqish uchun oldi.

samhdd_27_07_2009_1

Qurilmaning dizayni jiddiy va oddiygina. Hech bir ortiqchasi yo‘q. Korpusi xira oddiy alyuminiydan bajarilgan, old paneli tag qismiga o‘rnatilgan svetodiodi yoritilishi darajasini sozlash tugmasi mavjud. Uning o‘zi qurilmani ishga solish tugmasi hisoblanadi. Korpusi assosiy materiali sifatida alyumin metalini tanlab olinishi bejiz emas. Ventilyator va alyumin korpusi birligidagi sovutish tizimidan foydalanilishi Samsung STORY Station qizib ketishining oldini oladi. Kompyuterga ulanish interfeysi— USB 2.0, ammo tashqi quvvat bloki talab qilinadi, u ham jamalanma qismida yetkazib beriladi.

Ma’lumotlarni maksimal himoyalashni ta’minlash uchun Samsung STORY Station uchta muhim funksiyalar bilan ta’minlangan: Samsung Auto Backup, SecretZone™ va SafetyKey™. Samsung Auto Backup ma’lumotlarni haqiqiy vaqt davomida yoki oldindan belgilangan vaqtda zaxira nusxa olishni bajaradi. Shu bilan birga, nusxa olish paytida ko‘chirib olingan ma’lumotlarni SafetyKey™ funksiyasi yordamida parol bilan qo‘shimcha himoyalash, maxfiy fayllar va papkalarni himoyalash uchun esa SecretZone™ yordamida axborotlar shifrlanadigan virtual disk yaratish mumkin.

Samsung STORY Station modeli ekologik zararsiz materiallardan va besh minut ishlamasdan turgandan so‘ng diskni uxlash rejimiga o‘tkazadigan takomillashtirilgan RoHS kabi energiya tejash tizimidan foydalanish hisobiga eng talabchan «yashil» standartlar talablariga javob beradi.

Qurilma bilan tanishib chiqishimiz unga osongina va biror-bir qo‘shimcha harakatlarsiz operatsion tizimi bilan (OS WindowsXP) o‘rnatilganligini ko‘rsatdi. Qurilmaning ishlash tezligi bevosita uning o‘zidan eng yuqori zichlikdagi videolarni tomosha qilishga imkon berishini ko‘rsatdi. Qurilma ishlash paytida deyarli qizib ketmaydi va shovqin ko‘tarmaydi. Faqatgina qurilmani ishga tushirish va o‘chirish paytida engil titrash va kichik shovqin his qilinadi. Umuman olganda, Samsung STORY Station ishonchli va juda katta sig‘imli ma’lumotlar stansiyasi taassurotini qoldiradi.

Jurnalimiz tahririyati Samsung STORY qurilmasini tanishish maqsadida taqdim etgani uchun O‘zbekistondagi Samsung Electronics vakolatxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq