Netbuk albatta, yaxshi, biroq ishlashi kerakda…
03.08.2009
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Aleksandr Suchkov.

msi_27_07_2009

Netbuklardan hayratlanish birinchi to‘lqini ortda qolganga o‘xshaydi. Yengilligi, ixchamligi va juda arzonligi shu bilan birga, birinchi qarashda barchasi yaxshi ishlashi va odatiy qo‘shimchalarda ham yaxshi ishlashi barchani ham netbuk sotib olishga majbur qilishi mumkin.

Netbuklardan hayratlanish birinchi to‘lqini ortda qolganga o‘xshaydi. Yengilligi, ixchamligi va juda arzonligi shu bilan birga, birinchi qarashda barchasi yaxshi ishlashi va odatiy qo‘shimchalarda ham yaxshi ishlashi barchani ham netbuk sotib olishga majbur qilishi mumkin.

Keyin esa uning ekrani kichik, tugmalari mayda, optik diskovodi umuman yo‘q bo‘lib chiqadi, protsessori esa— haddan tashqari, «tinchlik atomi» va jangga oshiqmaydi! Hatto Intel kompaniyasining o‘zi Intel Atom protsessorini bozorga chiqazib, oddiy Intel Celeron M va Intel Pentium dual-core protsessorlari kichik modellarini ishlab chiqarilishini to‘xtatmayapti. Bularning barchasiga sabab, netbuklar narxi bilan teng narxda, diagonali 14 dyuym matritsasi, noutbuklar uchun to‘la kattalikdagi klaviatura va o‘rnatilgan yozadigan DVD-privodi, bundan tashqari, yana USB portlari to‘la to‘plami bilan juda ham yaxshi noutbuklarni ishlab chiqarish mumkin.

MSI kompaniyasi O‘zbekiston bozorlarida aynan mana shunday modelni taqdim etadi, lekin ushbu ishlab chiqaruvchining mahsulotlari qatorida juda ham yaxshi netbuklari bor va ular haqida biz yozgan edik.
Noutbuk MSI VR440: har doim va har tomonlama tejamkor
Shunday qilib, MSI VR440 noutbuki arzon va tejamkor noutbuk namunasi hisoblanadi.

Birinchidan, 14.1” 1280 x 800 WXGA TFT-LCD matritsaga, 1 Gb sig‘imli (4 Gb gacha kengayadi) DDR2 667 operativ xotirasiga, 160 Gbayt sig‘imli qattiq diskiga, kiritilgan DVD Super Multi optik diskovodi hamda kiritilgan WiFi 802.11b\g\n adapteri va hatto kiritilgan 1,3MP veb-kamerasiga ega bo‘lsa ham uning narxi juda arzon.
Ikkinchidan, noutbuk 4 ta USB 2.0 portiga, SD xotira kartalari uchun kartrideriga ega. Albatta, kiritilgan modemi va 10\100 Ethernet tarmoq adapteriga ham ega.

msi_27_07_2009_1

Uchinchidan esa, VR440 noutbukida yangi ECO Engine firma texnologiyasi, quvvat manbaini boshqaradigan va turli vazifalarni bajarayotganida batareyadan ishlash vaqtini oshiradigan alohida, nodir MSI Notebook energiya tejash funksiyasi qo‘llanilgan. ECO sensoriga navbat bilan barmoqni tekkazib, 5 rejimlardan biridan foydalanishingiz mumkin — «O‘yin», «Film», «Taqdimot», «Ofis» va «Turbo Battery». Bu sizga o‘yin o‘ynaganingizda, multimedia ilovalarini bajarganingizda, taqdimotlarni ko‘rib chiqqaningizda yoki hujjatlar bilan ishlaganingizda batareya energiyasini sarflashni kamaytirishga imkon beradi. Dastlabki sozlanishlarga qaytish uchun barmoqni engil tekkazib «ECO OFF» rejimini tanlash etarli bo‘ladi.

Ushbu model netbukka qaraganda, kattaligi tushunarli, 311 x 231 x 25-37 mm, og‘irligi esa 2,2 kg’ni tashkil qiladi. Ammo odatiy ishlash uchun barchasi mavjud, tashqi diskovod kerak emas, ekrani katta va klaviaturasi qulay.

msi_27_07_2009_2

Ushbu modelning arzonligining siri nimada? MSI VR440 noutbukida arzon, ammo 2,16 GGs takt chastotasi, L2 1 Mbayt sig‘imli keshi bilan bir yadroli Intel Celeron M585 protsessori hamda, SiS M672FX + SiS 968 chipsetidan foydalaniladi. Intel Atom protsessorlari va Intel chipsetlarini qanchalik hurmat qilmaylik Intel Celeron M585 protsessorining mahsuldorligi SiS M672FX+ SiS 968 chipseti bilan birgalikda hech ham past emas va hatto yuqoriroqdir. Firmaning ECO Engine texnologiyasi yordamida avtonom ishlash vaqti ofis qo‘shimchalari bilan ishlash davomida 3 soatga etishi mumkin.

Noutbuk qo‘l kaftlari uchun kumush rangli alyumin metall plankasi bilan, jilolangan qora rangli juda yoqimli lo‘nda dizayniga ega. Bizning ushbu model bilan tanishib chiqishimiz yuqori sifatli foto va videolarni shaxsiy kompyuterlardagi kabi oson yozish va ishlab chiqish mumkinligini ko‘rsatdi. Barcha kompyuter o‘yinlarini unda o‘ynash mumkin bo‘lmasligiga sabab esa buning uchun shu ishlab chiqaruvchining o‘yinlar uchun noutbuklari mavjudligi bilan tushuntiriladi. Hamma gap narxida. MSI VR440 noutbuki o‘z narxiga qaraganda qimmatroq turadi — taxminiy narxi — 500 sh b.

Jurnal tahririyati MSI VR440 noutbukini tanishib chiqishga taqdim etgani uchun Memory Technology Central Asia kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq