“Bilayn”dan “GolfSTREAM”: endi LTBT
30.07.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) yagona aloqa opеratori keng polosali Internetga kirish xizmati uchun to‘lov imkoniyatlarining kengayganligi haqida ma’lum qiladi.

Endilikda “GolfSTREAM” foydalanuvchilarida Internet xizmati uchun Lahzalik to‘lovlarni birlashtiruvchi tizim (LTBT) terminallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lash imkoniyati mavjud. To‘lovni amalga oshirish uchun abonentga o‘zining ID-raqamini bilishi zarur, buni esa shaxsiy kabinetda aniqlashtirib olish mumkin. LTBT orqali to‘lovlar amalga oshirilganda qo‘shimcha haq olinmaydi.

Yangilikni izohlar ekan, “Buzton” MChJ QK Bosh direktori Ivan Smolentsev ta’kidladi: “Bizning mijozlarimiz xotirjam bo‘lishlari mumkin, biz hamisha xizmat sifatini oshirish hamda xizmat ko‘rsatishning qulay sharoitlarini yaratish ustida ish olib boramiz. Hozirda “Bilayn”ning asosiy ustuvorliklaridan biri bo‘lib abonentlar uchun qulayliklar hamda bizning takliflarimizdan foydalanish imkoniyatining mavjudligidir”.

LTBT vending texnologiyalari, oldindan to‘langan plastik kartochkalarni sotish hamda bozorning real sektoriga to‘lov tizimlarini integratsiyasi bilan professional tarzda shug‘ullanadigan kompaniyalar guruhiga kiradi. LTBT tizimining tijorat tarzidagi ishga tushirilishi 2008 yilning 22 fevral kuni amalga oshirilgandi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq