“Bilayn”dan “Oltin raqamlar” yarim bahosiga
29.07.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) yagona aloqa opеratori “Oltin raqamlar” uchun 50% lik chegirmalar berilganligi haqida ma’lum qiladi.

Faqatgina bu yozda “Bilayn” 50 AQSh dollarilik “Oltin raqamlar”ni 50% lik chegirmalar bilan sotib olish imkoniyatini beruvchi aksiyada ishtirok etish mumkinligini ma’lum qiladi. Bunda qatnashchi oldindan hisob-kitob qiluvchi tarif rejalaridan biriga ulanishi mumkin. “Bilayn”ning amaldagi abonenti o‘z raqamini bepul ravishda “Oltin raqamlar”ga uning faqatgina 50% ini to‘lagan holda almashtirib olishi mumkin

Yangilikni sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Tijorat direktori Andrey Solouxin ta’kidladi: “Mazkur aksiya eng avvalo anchadan beri “Oltin raqamlar”ni sotib olishni istayotgan, ammo uning narxidan biroz ikkilanayotganlar uchun mo‘ljallangan. Biz bunday insonlarga pullarini tejab, hamda ularni boshqa xizmatlarga ishlata olish imkoniyati bilan orzularini yarim bahosiga hayotga tatbiq etishlariga imkoniyat berayapmiz”.

Aksiyada ishtirok etish “Bilayn”ning quyidagi manzillar bo‘yicha eng yaqin ofisiga murojaat qilish mumkin:
— Toshkent sh., Buxoro ko‘chasi, 1;
— Toshkent sh., Ahmad Donish, Amir Temur va Murodov ko‘chalarining kesishgan joyidagi alohida bino;
— Toshkent sh., Chilonzor tumani, 16-daha, Bunyodkor ko‘chasi, 18.

Aksiyada “Oltin raqamlar” uchun naqd pul to‘lagan abonentlar ishtirok etishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq