“LG mashhurlik cho‘qqisida” mavzusidagi matbuot anjumani
21.07.2009
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

lg_16_07_2009

15-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston OAV vakillari bilan hamkorlikda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekistonda mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi LG Electronics hamda Toshkentda ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan Zenith Electronics QK da mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi axborot taqdim etildi.

Matbuot anjumani tashkilotchilari: O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi «O‘zeltexsanoat», O‘zbekistonda LG Electronics vakolatxonasi va Zenith Electronics qo‘shma korxonasidir.

Matbuot anjumanini o‘tkazishga LG Electronics mahsulotlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va Toshkent shahridagi Zenith Electronics zavodi tomonidan 50 mingdan ortiq maishiy LG konditsionerlarining ishlab chiqarilishi sabab bo‘ldi.

LG Electronics kompaniyasi maishiy elektronika ishlab chiqarish sohasida birinchi va ilg‘or, shuningdek, jahonda havoni sovitish uskunalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxona bo‘lib, O‘zbekiston bozorida o‘z mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirmoqda.

Mana 12 yildan ortiq davr mobaynida Toshkentda LG Electronics’ning O‘zbekiston vakolatxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Shu o‘tgan vaqt mobaynida bozorimizda LG mahsulotlari dilerlari va savdosi keng tarmog‘i yaratildi, uning mahsulotlaridan foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida respublikamiz mintaqalarida servis markazlari tashkil etilgan va O‘zbekistonda LG Electronics mahsulotlarining xaridorlari uchun uch yillik kafolat taqdim etiladi.

lg_16_07_2009_5

LG Electronics jahonning boshqa mamlakatlarida bo‘lganidek, O‘zbekistonda o‘z texnikasini sotish va texnikaga servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sotuvchilar hamda mualliflashtirilgan servis markazlari tarmoqlari xodimlarini o‘qitishni amalga oshiradi. LG Electronics sifatli texnik mahsulotlari savdosini rag‘batlantirish uchun ko‘plab aksiyalarni amalga oshiradi.

lg_16_07_2009_6

2004-yildan boshlab LG Electronics kineskop, suyuqkristallik va plazmali televizorlar, DVD-qurilmasi va maishiy konditsionerlar ishlab chiqarish bo‘yicha Zenith Electronics zavodi bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritadi.

lg_16_07_2009_7

Ishlab chiqarish LGE kompaniyasi sifat nazorati ostida tayyor import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yo‘lidan rivojlanib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Zenith Electronics QK ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha, ayniqsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan barcha talablariga qat’iy amal qiladi.

lg_16_07_2009_8

Zenith Electronics korxonasi aynan LG Electronics savdo belgisi bilan ishlab chiqargan mahsulotlari uchun sifat menejmenti sohasida ISO 9001:2000 standartiga muvofiqlik sertifikatini olishga muyassar bo‘ldi.

Shuni ishonch bilan tasdiqlab aytish mumkinki, O‘zbekistonda Toshkent shahri Zenith Electronics zavodi liniyalarida ishlab chiqarilayotgan LG mahsulotlari Janubiy Koreya hamda jahonning boshqa mamlakatlaridagi LG zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaridan innovasiyasi va mahsulot sifati bo‘yicha hech ham qolishmaydi.

lg_16_07_2009_9

Bu fikr shu bilan o‘z tasdig‘ini topadiki, uch yildan qisqaroq muddat mobaynida Toshkentdagi Zenith Electronics zavodida 50 mingdan ortiq maishiy LG kondisionerlari ishlab chiqarildi. Mamlakatimizda 50 mingdan ortiq oila yoki kompaniyalarning kichik ofislari bugungi kundao‘zimizda ishlab chiqarilgan konditsioner ishlab chiqaruvchi va savdosi bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lgan LGE kompaniyasi sifatli kondisionerlaridan foydalanmoqdalar. 2004-yildan to bugungi kunga qadar Zenith Electronics QK YOAJ tomonidan LG mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda:
• Televizorlar – 265 ming donaga yaqin (ulardan kineskoplar – 262 ming donadan ortiq; suyuqkristallik – 2 ming donadan ortiq; plazmali – 670 dona.)
• DVD-hurilmalari – 6000 donaga yaqin.
Kondisionerlar – 50 000 dona.

2008-yil 21-oktabr kuni Seul shahrida «O‘zeltexsanoat» Assosiatsiyasi, LG Electronics O‘zbekistondagi kompaniyasi va Zenith Electronics QK tomonidan o‘zaro manfaatli va hamkorlik Memorandumi imzolandi va unga muvofiq Zenith Electronics QK 2008-2012 yillar mobaynida LG savdo belgisi ostida quyidagi istiqbolli hajmlarda elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirgan:
• Televizorlar- 420 ming dona.
• DVD-qurilmalari – 93 ming dona.
• Kir yuvish mashinasi – 165 ming dona.
• Kondisionerlar — 65 ming dona.

LG mahsulotlari O‘zbekiston aholisi oldida mashhurlik cho‘qqisini egallagan deb ishonch biilan aytish mumkin.

Xorijiy investorlar uchun mamlakatimizda yaratilgan qulay sharoit, preferensiya, soliq va bojxona imtiyozlari hamda LG Electronics kompaniyasi texnologiyasi va investisiyasi, Zenith Electronics QK mutaxassislari tajribasi bilan mos ravishda mamlakatimizda jahon standartlariga muvofiq darajada, import o‘rnini bosuvchi, bahosi bo‘yicha O‘zbekiston aholisiga qulay narxlarda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

«O‘zeltexsanoat» assosiatsiyasi to‘g‘risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №144 raqamli 1994-yil 17.03 dagi qarori hamda muassislar qaroriga muvofiq «O‘zeltexsanoat» assosiatsiyasi 1994-yilda radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati «Radioelektrontexpribor» O’zbekiston davlat konsernini qayta shakllantirish yo‘li bilan tashkil etildi.

Assosiatsiyaning faoliyat predmeti quyidagilar:
• ichki va tashqi bozor, xalqaro uyushmalar, assosiatsiyalar, birlashma va milliy assosiatsiyalar, davlat boshqaruv organlari ishtirokchilari umumiy mulk va boshqalarni taqdim etish hamda himoya qilish;
• radioelektronika, elektrotexnika sanoati va asbobsozlikka yo‘naltirilgan korxona va tashkilotlarni yaratish va rivojlantirishda ishtirokchilar va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qilish;
• radioelektronika, elektrotexnika sanoati va asbobsozlik hamda boshqalar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan xorijiy korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi..
Assosiatsiyaning asosiy maqsad va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• elektrotexnika sohasida yagona davlat texnik siyosatini yuritish;
• ilg‘or xalqaro tajriba va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini e’tiborda tutgan holda, radioelektronika, elektrotexnika sanoati va asbobsozlikda istiqbolli strategiyani belgilab olish;
• ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh yangi ishlab chiqarish turlari (ish, xizmat)ni o‘zlashtirish, ularni jahon bozoriga ilgari surish, marketing tadqiqotlarini tashkil etish;
• assosiatsiya ishtirokchilariga samarali resurs-energiya tejamkorlik texnologiyalari, mahsulot va jamlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxonalarning texnologik jihozlanishi va modernizasiyani tatbiq etishda yordam ko‘rsatish, shu maqsadlarda xorijiy investisiyalarni jalb etish;
• assosiatsiya ishtirokchilariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, malaka oshirishlarida hamkordik qilish, boshqaruv va injener-texnik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ular tomonidan bozor sharoitlarida zamonaviy menejmentlik metodlarini o‘zlashtirishlarida yordam ko‘rsatish bo‘lib hisoblanadi.

LG Electronics kompaniyasi haqida
LG Electronics Inc. kompaniyasi yuqoritexnologik elektronika, maishiy texnika va zamonaviy Mobil aloqasi vositalarini ishlab chiqarishda jahonda yetakchi hisoblanadi. Jahon bo‘ylab kompaniya 115 filiallari, jumladan, 84 sho‘ba korxona firmalarida 84 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi. LG kompaniyasi beshta bo‘linma: Home Entertainment, Home Appliance, Air Conditioning, Business Solutions va Mobile Communications’dan tashkil topgan, jahon bo‘yicha umumiy savdo hajmi 2008-yilda 44,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. LG Electronics jahonda yupqapanelli televizorlar, audio va video mahsulotlar, mobil telefonlari, havo kondisionerlari hamda kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. LG «Formula 1» global texnologik sherik bilan uzoq muddatli kelishuvni imzoladi. Ushbu kelishuv doirasida LG kompaniyasi mazkur xalqaro musobaqalar uchun iste’molchilik elektronikasi, mobil telefonlari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalarini yetkazib beruvchi sifatida eksklyuziv marketing huquqiga ega.

Zenith Electronics QK haqida
Zenith Electronics YOAJ QK O‘zbekistonda turli maishiy texnikani yirik ishlab chiqaruvchilaridan biridir.

Korxona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 514 sonli 1992-yil 10.10. dagi Qaroriga muvofiq «O‘zDEUElektroniks» YOAJ QK asosida tashkil etilgan.

Koreyalik investorlar uchun yaratilgan qulay sharoit qisqa muddat ichida Toshkentda shahrida elektronika sanoatining 1200 ish o‘rniga ega bo‘lgan yirik korxonasini tashkil etish, 1993-1998 yillarda faoliyat yuritishni ta’minlash, 450 mln. AQSH dollari miqdorida import va uning o‘rnini bosuvchi hamda eksportga mo‘ljallangan elektron-maishiy mahsulotlar mahsulotlar ishlab chiqarishga erishdi.

Bugun ishlab chiqarish infratuzilmasi, o‘z tarkibiga 6 jamlovchi liniyani biriktirgan, 2 liniyasi bosma platalar ishlab chiqarish, plastmassa mahsulotlari zavodi, o‘z tarkibiga 6 purkab quyish mashinasiga ega bo‘lgan 2 quyish uchastkasini olgan, liniyaga muvofiq bo‘yash uchastkasi va quritish pechi konveyeri, penoplast mahsulotlari ishlab chiqarish uchastkasi dan iborat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq