Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2009 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi
21.07.2009
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

aci_21_07_2009
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2009 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Kompleks sohalarining hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari, jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’sirini bartaraf etish borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimlik organlari axborot tizimlarining integratsiyalashgan tarmog‘ini yaratish va idoralararo elektron hujjat almashuvi joriy etilishini hamda Kompleks tarkibiga kiruvchi idoralarda ijro intizomini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

2009 yilning o‘tgan davrida Kompleks bo‘yicha 834,8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi (2008 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 130,1 foizni tashkil etdi). Jumladan, aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlar 451,2 mlrd. so‘mni (140,8 foiz) tashkil etdi.

Eksport bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 128 foizga, Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar rejasi 120 foizga bajarildi.

Majlisda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi hamda mahalliylashtirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini ko‘paytirish, ularning tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish va xomashyo resurslaridan omilkorlik va tejamkorlik bilan foydalanish, korxonalarning eksport imkoniyatlarini oshirish singari ustuvor vazifalarning ijrosi, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimlik organlari axborot tizimlarining integratsiyalashgan tarmog‘ini yaratish va idoralararo elektron hujjat almashuvini joriy etish, Toshkent viloyati hokimligi, shahar va tumanlar hokimliklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati qarorlarining ijrosi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Majlisda Kompleks tarkibiga kiruvchi idoralarda ijro intizomining ahvoli alohida tahlil etilib, joylarda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlarga barham berish hamda ijro intizomini ta’minlashda rahbarlar hamda mutaxassislarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi va qarorlar qabul qilindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq