«Bilayn» dan Internet Sizning uyingizda
29.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori «Uyingizda Internet» xizmati ishga tushirilgan sanadan (2008 yil 24 noyabr) to 2009 yilning may oyigacha o’tgan vaqt mobaynida ushbu xizmatdlan foydalanish natijalari qanday bo’lganini xabar qiladi.

«Uyingizda Internet» — bu mobil telefondan foydalanmasdan, USB-modem va shaxsiy kompyuter yordamida Internet tarmog’iga kiruvchi kompleks yechim hisoblanadi. Mazkur xizmat bilan «Bilayn» mijozi istalgan vaqtda Internetga ulanishi mumkin. «Uyingizda Internet» xizmatining sotilish dinamikasi shuni ko’rsatmoqdaki, mazkur xizmatga ulangan mijozlar soni dekabr oyiga nisbatan 58% ko’p bo’ldi.

«Uyingizda Internet» xizmati hajmining o’sishini izohlar ekan, «Unitel» MChJ Marketing bo’yicha xizmati rahbari Shavkat Berdiyev shunday dedi: USB-modemli keng polosali simsiz Internet — bu tobora mashhur bo’lib borayotgan «Bilayn»ning noyob xizmatidir. «Uyingizda Internet» xizmatini yoqib, bizning abonentlarimiz muloqot chegarasini kengaytirib, mamlakatning istalgan yeridan Internetga kirish imkoniyatiga egalar. 3G texnologiyasi yordamida Internetning tezligi 3,6 Mb/sek ga yetadi».

«Uyingizda Internet» abonentning mobil telefonidan foydalanishni ko’zda tutmaydi. Bu xizmatni sotib olar ekan, «Uyingizda Internet» mijozi USB-modem bilan bitta to’plamda SIM-karta va abonent to’lovlarisiz «Uyingizda Internet» tarif rejasini oladi. «Uyingizda Internet» to’plamining bahosi 96 AQSh dollari bo’lib, uzatilgan/olingan ma’lumotlar narxi $0,15/1 Mb ni tashkil etadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq