«Bilayn Biznes» Toshkent Biznes-klubida taqdimot o’tkazdi
29.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori Innovatsiya va menejment markazi qoshidagi Toshkent Biznes-klubining majlisi doirasida «Bilayn Biznes» xizmatlarining taqdimoti o’tkazganligi haqida ma’lum qiladi.

Tadbirda turli kompaniya hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Yig’ilganlar O’zbekistonning korporativ bozori uchun «Bilayn Biznes» ning keng doiradagi takliflari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishdi. Mehmonlarda «Yagona tarmoq» xizmati katta qiziqish uyg’otdi. Sababi, mazkur xizmat Internetga simsiz kengpolosali kirish imkoniyatini berib, tarmoq va mobil aloqa xizmatini ta’minlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Toshkent hududiy filiali direktori Shuhrat To’xtaboyev quyidagilarni ta’kidladi: «Tadbirning ko’pchilik qatnashchilari — bizning do’stlarimiz va hamkorlarimiz. Shuning uchun ham ularning e’tiboriga «Bilayn Biznes»ning yangi xizmatlarini havola etish biz uchun yoqimli bo’ldi. Mazkur xizmatlarni O’zbekistondagi birorta ham GSM-operatori taklif qila olmaydi. Taqdimot — mijozlarimizning bizneslari uchun yangidan yangi, samarali yechimlarni taklif qilib, kompaniyamizning dinamik rivojlanayotganligidan darak beradi».

Yig’ilishning rasmiy qismini yakunlar ekan, Toshkent Biznes-klubining a’zosi Rahimjon Sultonov dedi: «Telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlarini taklif qiluvchi «Bilayn Biznes» B2B segmentida ulkan istiqbolga ega. Mening ko’pchilik hamkasblarimni anchadan beri «Bilayn»ning kompleks yechimlari qiziqtirardi, shuning uchun ham biz «Unitel» kompaniyasiga o’tkazilgan taqdimot uchun minnatdorchilik bildiramiz».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq