«Bilayn» dan yangi mavsum xiti
28.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» yagona aloqa operatori («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) 2009 yilning 29 iyunidan «Xit» yangi tarif rejasi ishga tushirilganini ma’lum qiladi.

Ushbu taklifning afzallik tomoni shundaki, tarmoq ichidagi qo’ng’iroqlar hisob to’ldirilgan kundan boshlab 7 kun muddatga bepul bo’ladi. Bundan tashqari, hisob har safar kamida 2 AQSh dollariga bir martalik to’ldirilganda «Bilayn» abonentlarining hamma qo’ng’iroqlari bir hafta muddatga bepul bo’ladi. Bunda hisobni to’ldirish uchun to’langan pul abonent to’lovi hisoblanmaydi va avvalgidek barcha aloqa xizmatlariga sarf etiladi (shu jumladan, xalqaro aloqa, GPRS, MMS, boshqa bazaviy va qo’shimcha xizmatlar).

Voqeani izohlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin shunday dedi: «Biz o’z abonentlarimizni abonent to’lovlarisiz qiziqarli va tushunarli tariflar bilan hayratga solishda davom etamiz. Ishonamanki, yangi tarif rejasi o’z nomini oqlab, mavsumning haqiqiy xiti bo’ladi. «Bilayn» mijozlari avvalgidek operator ularni eslab, doimo ular haqida g’amxo’rlik qilib kelishiga ishonishlari mumkin».

«Xit» tarif rejasidagi barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar narxi bir daqiqa uchun $0. Mahalliy mobil aloqa operatorlari raqamlaridan qilingan chaqiruvlar «0» balansida va noldan past bo’lganda ham hammabop bo’ladi. Shahar raqamlari va boshqa operator tarmoqlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi bir daqiqa uchun $0,03.

Ushbu tarif rejasidan faqat avvaldan to’lov tizimi abonentlari foydalana oladilar («Gold» tariflari seriyasidan tashqari).

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq