«Bilayn» Yevropa bilan MMS-almashadi
24.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«VimpelKom» OAJ («Bilayn» savdo belgisi) Rossiya uyali aloqa operatorlari orasida birinchi bo’lib Lixtenshteyn, Sloveniya, Makedoniya, Bolgariya, Xorvatiya va Avstriya operatorlari bilan MMS-almashinuv yo’lga qo’yilganini xabar qiladi.

Endi «Bilayn» ning Rossiyadagi abonentlari VIPnet Xorvatiya, Mobilkom Avstriya, Mtel Bolgariya, VIP.Operator Makedoniya, Si.Mobil Sloveniya, Mobilkom Lixtenshteyn operatorlari bilan MMS-xabarlar almashishlari mumkin.

«Biz MMS-xabarlar abonentlarimiz orasida tobora ommalashib borayotganini ko’rdik, — deya ta’kidladi biznes segment marketingi va rouming bo’yicha direktor Oksana Belyaeva. — Bugungi kunda abonentlarimizning 70% dan ziyodi MMS quvvatidagi telefonlarga ega. MMS xizmatidan foydalanuvchilar soni oxirgi uch yil mobaynida 7 barobar o’sdi. Shuning uchun Rossiya operatorlari va «Bilayn» ning MDH dagi tarmoqlari bilan MMS-almashinuv yo’lga qo’yilgandan keyin biz Sharqiy va G’arbiy Yevropa operatorlari bilan hamkorlikni amalga oshirdik va shu bilan o’zimizning haqiqiy xalqaro operator maqomiga ega ekanligimizni ta’kidladik. Kelajakda biz MMS-almashinuv imkoni bo’lgan mamlakatlar ro’yxatini yanada kengaytiramiz».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq