Virtual muhitning psixologik xususiyatlari
23.06.2009
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Shohista Samarova.

Virtual olam intersubyektiv deb ataluvchi dunyodan katta farq qiladi. Nollar va birlar bilan yozilgan alohida aloqalar bilan insoniy o’zaro munosabatlardagi masofaviy hamda chegaralarni kengaytiradi. Shaxslar nodir xususiyatlarini va sezgi munosabatlarini raqamlashtirish hech bir masofada aniq jamlanmagan ajoyib masofaviy tuzilishini yaratadi.

Quyida mana shu yangi ijtimoiy holatning «iste’molchi»(yoki fuqaro) psixologik kechinmalari mohiyatini belgilovchi virtual muhitning ba’zi o’ziga xos xususiyatlari keltirilgan:

  • cheklangan sensorli kechinmalari
  • shaxsning identifikatsiyasi, ko’pligi va anonimligi
  • mavqelarining tenglashishi
  • masofali chegaralarning yo’qotilishi
  • vaqtning cho’zilishi va to’planishi
  • aloqalar cheklanmaganligi
  • doimiy qayd etilishi
  • muqobil va xayoliy dunyolar
  • «qora darcha» hissi

    Cheklangan sensorli kechinmalar
    Kiber muhitdan insonni ko’rish imkoni berilganmi — uning yuzidagi ifodalarni tushunish, harakatlari chiroyliligidan hayratlanish, savoliga so’zsiz bosh qimirlatib javob qaytarish imkoni mavjudmi? Sizga iboralari ohangini va ovozidan kayfiyatini bilib olish imkoni berilganmi? Raqamli dunyoning ekologik muhiti tasvirli va/yoki audial kommunikatsiyalar sezilmaydigan to’riga o’ralib borishi tarixiy holatni, shundan kelib chiqadigan kiberinsonlar xulqiga va virtual shaxslararo o’zaro munosabatlar o’zgarishiga ta’siri muhimligini baholash qiyin. Albatta, multimediali chatlar, audio-video konferensiyalar, Internet-telefoniya — bularning barchasi yangi davr belgilari. Lekin hozircha nima bo’lganida ham, o’ziga o’xshashlar bilan Internetda uchrashishlardan sensorli taassurotlar — ko’rish, eshitish, his etish to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. Ko’proq insonlar yozma nutq yordamida muloqotda bo’ladilar. Lekin hatto audio-video konferensiyalar samarali va boshqarish hamda foydalanishda oddiy bo’lganda ham hech qachon jismoniy aloqalar imkoni — ishbilarmonlarcha qo’l oli-shishlarni, do’stona yelkasiga urib qo’yishlarni esdan chiqarishga to’g’ri keladi, yoqimli bag’riga bosishlar bo’lmaydi. Kiber muhitda — umuman olganda, yuzma-yuz uchrashgandagiga qaraganda, ba’zi ajoyib ustunliklari bilan bir qatorda, sensorli his qilish cheklanganligi bilan ayrim kamchiliklarga olib keladi.

    Shaxsning identifikatsiyasi, ko’pligi va anonimligi
    Yuzma-yuz aloqaning va shaxsiy mavjudlikning umuman yo’qligi kiber muhitlik insonlarning o’zlarini tanishlariga g’alati ta’sir ko’rsatdi. Oddiy bosma matn bilan aloqa qilib turib, qator tanlovlarga ega bo’lasiz — o’zingiz haqingizda nima xohlasangiz shuni gapirishingiz, qanday xohlasangiz shunday ko’rsatish yoki umuman notanish bo’lib qolish — ba’zi holatlarda esa ko’rinmas odam bo’lish imkoniga ega bo’lasiz. Shunda chatlarda muhabbat iztiroblarini rivojlanishini kuzatishingiz, konferensiyalarda munozara hamda baxslarda ishtirok etishingiz mumkin bo’ladi. Aytgandek, xushomadgo’ylik o’yinini boshlayotgan tashqaridan qaralganda o’zining ochiqligini to’la anglab yetadi. Yaratilgan instrumental muhitlar va virtual hamjamiyatlar ko’pchiligida xayolingizga kelgan xohlagan ismni aytishingiz mumkin. Multimedia-dunyoda bundan tashqari o’zingizga boshqa tashqi ko’rinishni tanlash, virtual kiyim kiyib olish imkonini beradi. Anonimlikka erkinlik holati xos bo’ladi va mana shu burilishda yo’l ikkiga ajraladi. Ba’zan mana shu ustunliklardan odamlar salbiy kayfiyatlarini yo’qotish va bema’ni ehtiyojlarini qondirishda foydalanadilar. Ikkinchi yo’li esa — bu ochiq ko’ngil bo’lish va ijtimoiy qoidalar ularni muhokama qilishni ma’qullamasa yoki keng jamoatchilik oldida uni hatto tilga olishni taqiqlasa ba’zi juda shaxsiy jihatlarini yashirmaslik imkonidir.

    Mavqelarining tenglashishi
    Umumiy holatda Internetga berilib ketgan har bir shaxs o’zini boshqalar bilan teng ifoda etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Har bir shaxs — mavqei, salomatligi, millati, jinsi va boshqa holatlardan qat’iy nazar — teng darajada barcha uchun barobar o’yin maydonida doimiy bir xil qoidalar bo’yicha o’yinni boshlaydi. «Tashqi jahon» mavqei baribir «kiber — hayotga» bir muncha ta’sir ko’rsatishi holatini vaqtinchalik esdan chiqaramiz. Sizning boshqalarga ta’sir ko’rsatishingiz me’yorini belgilovchi tomoni — bu kommunikatorlik qobiliyatingiz (birinchi navbatda, yozma nutq mahoratingiz va «yozma» ta’sir ko’rsatish hamda ishontirish imkoniyatlaringiz), qat’iyatligingiz, fikrlaringiz mohiyati va mazmuni hamda o’ziga xos know-how texnologik ko’nikmalaringiz hisoblanadi.

    Masofa chegaralarining yo’qotilishi
    Kim bilan muloqotda bo’lmang geografik masofalar hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi. Bu Yevropami, Kaliforniyami, Avstraliyami, baribir, serverda bamaylixotir suhbatlashish mumkin. Umuman olganda, olam toraygandek tuyuladi. Geografik muhit sizning stolingiz ustidagi kompyuter egallagan joygacha toraytirilishi g’alati, nostandart qiziqishlar va ehtiyojlarga ega insonlar uchun muhim hayotiy ahamiyatga ega. Oddiy hayotda ular o’zlariga o’xshash fikrlaydigan yoki hech bo’lmasa suhbatdoshi qarashlarini ma’qullaydigan insonni topishlari balki juda qiyin bo’lardi. Ammo kibermuhitda qushlar — hatto juda chiroyli ranglardagi qushlar ham gala bo’lib birlashadilar. Bu yerda bir-biri bilan yonma-yon bo’lish qiyin emas. Agar bunga hayotiy qiyinchiliklarda insonlarga ijtimoiy ma’qullangan yordam ko’rsatishga o’zini bag’ishlagan guruhlar ko’zi bilan qaraydigan bo’lsak — bu kibermuhitning juda qimmatli xususiyati. Ammo, agar biz ijtimoiy nomunosib motivatsiyali insonlarni esga olsak? Bu juda salbiy imkoniyat.

    Vaqtning cho’zilishi va to’planishi
    «Sinxron kommunikatsiya» insonlar bir vaqtda kompyuter oldida o’tirib «shu yerda» bo’lmasa ham, ammo «hozir» (haqiqiy vaqt davomida) Internet orqali muloqot qilishlarini ko’zda tutadi. Oddiy misollardan biri — chat-xonalari. E-mail va nyusguruhlar, aksincha, «asinxron kommunikatsiyaga» jalb qiladi, bu insonlardan darhol interaksiyani talab qilmaydi. Ikkala kommunikativ vaziyatlarda ham — sinxron va asinxron (video-konferensiyalar va internet-telefoniyadan tashqari) — vaziyatli vaqt deyarli cheksizlikkacha cho’ziladi. Har qanday chat paytida javob qaytarish uchun suhbatdoshingiz odob bo’yicha sizga bir necha sekunddan to bir minutgacha va hatto ko’proq vaqt beriladi — yuzma-yuz muloqotga qaraganda ancha katta to’xtalish. E-mail-nomalar yoki nyuguruhlar holatida siz soatlab, kunlab va hatto haftalab vaqtga ega bo’lasiz (ammo bu yerda ham mumkin bo’lgan vaqt odob o’rnatiladigan norasmiy qoidalar bilan o’rnatilishini esdan chiqarmaslik kerak). Kibermuhit g’aroyib temporal muhitni yaratadi, bu yerda interaksiyalar davom etishi sharoitlarida intersubyektiv vaqt ikki tomonlama cho’ziladi. Bu holat qulay va mos keluvchi «refleksiya muhitini» ta’minlaydi. Yuzma-yuz muloqotga nisbatan sheriklar o’ylash va javob qaytarish uchun ancha ko’proq vaqtga ega bo’ladilar. Deyarli barcha yuzerlar — endi o’rganayotganlar mana shu vaqtni yangicha his qilishga moslashish davridan o’tadilar. Misol uchun, ular xatlariga darhol javob olishlarini kutishlari mumkin. Ular (balki, anglab yetmagan holda), sherigining javobi tezligi odiy suhbatdagi tezlikka yaqin bo’ladi yoki hech bo’lmaganida yaqinlashadi deb o’ylaydilar. Tajribali e-mail yuzerlar esa vaqtning cho’zilishi ustunligidan zavqlanadilar va (vaqt o’tishi bilan — cho’zilgan-to’xtagan) har bir yuzerda o’zining individual e-mail-qadami borligini tushunib oladilar. Boshqa tomondan, kiber-vaqt siqilgan. Agar siz on-layn jamiyatda bir necha oylardan beri ishtirok etib kelayotgan bo’lsangiz, o’zingizni cho’chimasdan «qariya» deb atashingiz mumkin. Kommunikativ-aloqasiz guruhda ham xuddi shunday hisoblanasiz. Internet ekologik muhiti g’isht, taxta va temirdan yasashdan ko’ra dasturli infrastrukturasini yozish va ko’chirib yozib olish ancha oson bo’lganligi sababli ham shunchalik tez o’zgarib kelmoqda. Virtual dunyoda harakatlanish juda oddiy va hech qanday cheklanishlarga ega bo’lmaganligi sababli birinchi, ikkinchi va boshqa uchraydiganlar, o’tib boruvchilar, o’zingizning, begona, do’stona va dushman kiber-guruhlar va shunchaki kiber-hamjamiyatlar ham juda tez o’zgarib boradi. Bizning vaqtni subyektiv ichki his qilishimiz biz yashayotgan dunyoning o’zgarishi tezligi bilan bog’liq. Bizni o’rab turgan tarmoq yo’llari turlari, tovushlar va insonlarning darhol o’zgarishlari holatida vaqtni his qilish-vaqt juda tez o’ta boshlaydi.

    Aloqalarning cheklanmaganligi
    Juda yengillik bilan, o’rnidan turmasdan va barmoqlarini qiynalmasdan harakatlantirib inson turli soha insonlari bilan va yuzlab, hatto minglab insonlar bilan muloqotda bo’lishi mumkin. Usenet’da xat yo’llab virtual inson (barcha oqibatlarini to’g’ri baholamay) hatto uning juda shaxsiy qiziqishlarini qo’shiladigan va juda g’alati dunyoga moslashgan insonlarni o’ziga qaratishi mumkinligini o’ylamaydi. Qidiruv web-mashinalari yordamida o’zi ham shaxsan-klaviaturali-brauzerli oldindan tanlangan, lekin vaqti kelgunicha noma’lum bo’lgan insonlarni o’z e’tibori bilan baxtli qilishga intilib millionlab sahifalarga kirishi mumkin. Internet alohida insonlar va guruhlar o’rtasida izlash, ajratib olish va aloqalar vositasi sifatida kuchga ega va yanada samarali bo’lib boradi. Lekin aloqa qilish uchun biz barchani emas, balki ba’zi insonlarni tanlaymiz? Nima uchun aynan shularni — boshqalarni emas? Munosabatlarni rivojlantirish shuncha on-layn variantlarini sinab ko’rish va o’zgartirish imkoniyati psixologlarga juda tanish bo’lgan qiziqarli shaxslararo o’zaro munosabatlar holatini kuchaytiradi. Yuzer do’stonalik, muhabbat va adovat munosabatlarida o’zi anglab yetmagan motivatsiyasi bilan birgalikda anglab yetgan afzalliklari va to’g’ri tanlovlari asosida yo’l tutadi. Vaziyatning bunday rivojlanishi bizning yashirin emosiyalarimiz hamda ehtiyojlarimizga mos keladigan insonlarning kundalik bekorchi tashvishlanishlariga olib keladi. Tarmoqda sodir bo’ladigan faoliyatlar va harakatlar ko’pchiligini, shu jumladan. E-mail korrespondensiyalar va chat-sessiyalarni, yozib olish va fayl bilan kompyuterda saqlab qolish mumkin. Bu haqiqiy dunyoga o’xshamaydi va uning uchun juda g’alati — kibermuhitda nimalar deganingizni, kimga va qachon aytganingiz doim qo’l ostingizda (klavishalarda) bo’lishi mumkin. Tarmoq barcha interaksiyalari faqatgina hujjatlarga asoslanganligi — ya’ni yozma ko’rinishda sodir bo’lishi sababli — biz shunchalik dadil bo’lamizki, hatto insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar go’yo hujjatlashtirilgan va haqiqatda har qanday vaqtda uni yaxlit yozib olishimiz mumkin deb ayta olamiz.

    Orphus system
    O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
    Telegramga qo`shmoq
    Odnoklassnikiga yubormoq
    VKontakteda bo`lishmoq