«Bilayn» bilan ofis yanada mobillashdi
23.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Yunitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori «Mobil ofis» xizmati ishga tushirilgan sanadan (2008 yil 24 noyabr) to 2009 yilning may oyigacha o’tgan vaqt mobaynida ushbu xizmatdlan foydalanish natijalari qanday bo’lganini xabar qiladi.

«Mobil ofis» — bu mobil telefondan foydalanmasdan, USB-modem va shaxsiy kompyuter yordamida Internet tarmog’iga kiruvchi kompleks echim hisoblanadi. «Mobil ofis» yordamida «Bilayn Biznes» mijozi istalgan vaqtda Internetga ulanishi, shuningdek, korporativ tarmoqqa kirishi, elektron pochtani qabul qilishi yoki uni jo’natishi mumkin.

«Mobil ofis» xizmati ancha ommabop hisoblanadi. Buni sotuv hajmining oshish sur’atlari hamda trafik sezilarli darajada o’tgani isbotlab turibdi. Masalan, may oyida ushbu xizmatga ulangan mijozlar soni o’tgan yilning dekabriga nisbatan deyarli 2 barobar oshgan. Ushbu xizmat doirasida Internet-trafik hajmining o’sishi o’tgan yil dekabr ko’rsatkichidan 70,7% ko’p.

«Mobil ofis» xizmati hajmining o’sishini izohlar ekan, «Buzton» MChJ QK Bosh direktori Ivan Smolentsev shunday dedi: «Mobil ofis» — bu Jahon tarmog’iga nafaqat O’zbekiston, balki GPRS-rouming amalda bo’lgan 21 ta davlat bo’ylab ham erkin kira olish deganidir. «Bilayn Biznes» abonentlari istalgan vaqtda va istalgan erda sifatli Internet-xizmatidan foydalana olishga ishonchlari komil bo’lishi mumkin. Bunda 3G texnologiyasi yordamida Internetning «Mobil ofis» dagi tezligi 3,6 Mb/sek ga yetadi».

«Mobil ofis» abonentning mobil telefonidan foydalanishni ko’zda tutmaydi. Ya’ni mijoz bir vaqtning o’zida Internet tarmog’ida ishlashi va ishchi muzokaralari olib borishi mumkin. Bu xizmatni sotib olar ekan, «Bilayn Biznes» mijozi USB-modem bilan bitta to’plamda SIM-karta va abonent to’lovlarisiz «Mobil ofis» tarif rejasini oladi. «Mobil ofis» xizmatining bahosi 80 AQSh dollari bo’lib, uzatilgan/olingan ma’lumotlar narxi $0,15/1 Mb (tunda — $0,12/1 Mb) ni tashkil etadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq