Qishloqlarda zamonaviy aloqa
22.06.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yil 13 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasida 2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili Davlat dasturini izchil amalga oshirish, qishloqlarimizda hayot sifatini tubdan yuksaltirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgandi.

pic

«O’zbektelekom» AK tomonidan mamlakatimizning qishloq hududlarida zamonaviy, sifatli telefon aloqasi xizmatlarini joriy etish, qishloq telefon stantsiyalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina kompaniyaning «Toshkent Telekom» filialida amalga oshirilayotgan ishlar buning yaqqol dalilidir.

pic

Joriy yilning 20 iyun kuni Toshkent viloyatining To’ytepa tuman telekommunikatsiyalar bog’lamasiga qarashli Qorasuv qishloq telefon stantsiyasi hamda Parkent tumani So’qoq qishloq telefon statsiyasining qayta rekonstruktsiya qilinib ishga tushirilishi hamda zamonaviy aloqa inshootlarining ochilishiga bag’ishlangan marosim bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, «O’zbektelekom» AK, Davlat aloqa inspektsiyasi, mahalliy davlat hokimliklari, mahalla fuqarolari yig’inlari vakillari ishtirok etdilar.

pic

Qorasuv qishloq telefon stantsiyasida analog stantsiyasi «Koinot» OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy, 280 raqamga mo’ljallangan ixcham «Koinot El-SGM» qurilmasi asosida qayta jihozlanib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, «Ruxshona aloqa servis» xususiy korxonasi bilan hamkorlikda internet va kompyuter xizmatlari hamda shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlar shoxobchasi foydalanishga topshirildi.

pic

Filialning Parkent tumanidagi So’qoq qishloq telefon statsiyasida esa umumiy sig’imi 900 raqamga mo’ljallangan, Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan S&C08 rusumdagi raqamli telekommunikatsiya stantsiyasi montaj qilinib, foydalanishga topshirildi hamda internet va kompyuter xizmatlari hamda shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlar shoxobchasi foydalanishga topshirildi. Shoxobchani kompyuter qurilmalari bilan ta’minlashda O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi moliyaviy ko’mak berdi.

pic

E’tiborli jihati, So’qoq qishlog’i aholisi 6 kilometrlik optik tolali aloqa liniyasini «Toshkent Telekom» filialining mutasaddi vakillari bilan hamkorlikda hashar yo’li bilan qurishga erishdi.

pic

Tabiyiki, qilinayotgan barcha sa’y-harakatlar mazkur qishloqlarda yashayotgan aholiga zamonaviy, sifatli hamda turdosh aloqa xizmatlarini ko’rsatishni yo’lga qo’yishga qaratilgan.

«O’zbektelekom» AK Matbuot xizmati

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq