«Bilayn» raqamlarni to’g’ridan to’g’riga o’zgartirmoqda
22.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori 2009 yilning 23 iyunidan boshlab respublika raqamlarini to’g’ridan to’g’ri raqamlarga o’zgartirganligi haqida ma’lum qiladi.

2009 yilning 23 iyunidan boshlab respublika raqamlari bevosita to’g’ridan to’g’ri raqamlarga o’zgartiriladi. Endilikda abonentning respublika mobil raqamiga qo’ng’iroq qilinadigan bo’lsa, qo’ng’iroq qilayotgan odamga shahar telefonidan xalqaro aloqaga chiquvchi «8» raqamini terish shart emas — balki to’g’ridan to’g’ri yettitalik raqamiga qo’ng’iroq qilsa, bas.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Biz har doimgidek eng avvalo «Bilayn» abonentlariga qulaylik yaratish haqida o’ylaymiz. Respublika raqamlaridan foydalanishda ba’zi bir noqulayliklar bo’lganligidan xabarimiz bor. Shuning uchun bugundan boshlab respublika raqamlariga ulangan abonentlarimiz uchun raqam terishning standart qoidalari amalda bo’ladi. O’zgarishlar faqatgina prefikslarga — raqamning dastlabki uchta soniga tegishli bo’ladi, qolgan barchasi o’z holiday qoladi. Bundan tashqari biz abonentlarimizga raqamlari o’zgarganligini ma’lum qilishlari uchun bepul to’liq bir soat sovg’a qilayapmiz».

Respublika raqamlarini to’g’ridan to’g’ri raqamlarga o’zgartirish bepul hamda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati abonentlari uchun tarmoq kodi 891 dan 890 ga o’zgartiriladi. Hisoblangan bepul daqiqalar to’g’risida USSD buyrug’i orqali *106# chaqiruvni terib, bilib olsangiz bo’ladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq