«Bilayn» dan 100 ta bepul SMS
21.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori yangi — 100 ta bepul SMS bonus aksiyasi boshlanganini xabar qiladi.

100 ta bepul SMS-xabarni sovg’aga olish uchun abonent o’z hisobini bir martaning o’zida kamida 5000 so’mga to’ldirishi kerak. Bunda hisobni to’ldirish uchun to’langan mablag’ bonusga sarflanmaydi, abonent esa avvalgidek pul mablag’larini «Bilayn» aloqa xizmatlari uchun sarflaydi. Hisob har safar yuqorida ko’rsatilgan summaga to’ldirilganda olingan bepul SMS to’planaveradi.

Aksiyani sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin shunday dedi: «Biz o’z mijozlarimizga qulay va ular uchun manfaatli bo’lgan muloqot usullarini taklif qilishda davom etamiz. Birinchi navbatda, yangi aksiya yozda faol muloqotda bo’lish uchun ko’proq imkoniyat va vaqt paydo bo’lganlarga ma’qul keladi. Ular xizmatlarimiz uchun xarajatlarini ko’paytirmasdan turib «Bilayn» ning sifatli aloqasidan foydalanish uchun sezilarli bonus oladilar.

Aksiya 2009 yilning 18 iyuligacha davom etadi. Aksiya tugagandan keyin ishlatilmagan SMS kuyib ketadi. Hisoblangan SMS-xabarlar soni to’g’risidagi xabar *106# chaqiruv raqamidan olinadi.

Agar aksiyada qatnashayotgan abonent aksiya shartlariga ko’ra balansga kiritilgan pul mablag’larini o’z hisobidan olishni istasa, u holda abonentning hisobidan uning aksiyada qatnashayotgan sanasidagi tarif rejasiga muvofiq ishlatilgan bonuslar qiymatiga teng bo’lgan summa o’chiriladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq