«Bilayn»dan ishonchli to’lov
18.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori 2009 yilning fevral oyidan may oyigacha bo’lgan «Ishonchli to’lov» xizmatlaridan foydalanish natijalari haqida ma’lum qiladi.

«Ishonchli to’lov» — pul tugab qolganda va balansni o’z vaqtida to’ldirishning imkoni bo’lmagan taqdirda ham aloqada qolishning yana bir imkoniyati. «Ishonchli to’lov» xizmati bilan abonentlar qarzga suhbatlashishlari mumkin. Mijozning so’roviga ko’ra «Bilayn» unga bo’lajakdagi to’lovlar hisobiga mablag’ taqdim etadi — hamda abonent aloqa xizmatidan foydalanishda davom etishi mumkin.

«Ishonchli to’lov» xizmatining mashhurligi oyma-oy ortib bormoqda. May oyida mazkur xizmatdan foydalangan abonentlar soni shu yilning fevral oyiga nisbatan 2,3 baravar ortdi. Bunda may oyida ajratilgan mablag’lar miqdori yil boshiga nisbatan 236,37% ga o’sgan.

«Ishonchli to’lov» xizmatining dinamikasini sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Biz o’zimizning mijozlarga ishonamiz, shuning uchun ham xizmatlarimizdan foydalanish imkoniyati aloqamizning sifati bilan birgalikda o’ishini istaymiz. Bugun bizning mijozlarimiz xotirjam bo’lishlari mumkin, ular hamisha aloqada qolishadi».

Ishonchli to’lovdan — jismoniy shaxs bo’lgan hamda oldindan to’lovlarni amalga oshirib, kamida olti oy oldin «Bilayn»ga ulangan abonentlar foydalanishlari mumkin. Mazkur xizmatdan ham uy tarmog’ida, ham roumingda foydalanish mumkin. Xizmatni faollashtirish uchun 064046 bepul raqamiga qo’ng’iroq qilish zarur. Abonentning so’nggi uch oy davomidagi o’rtacha har oyda ishlatgan puliga qarab uning hisob raqami 0,2 AQSh dollaridan 2,0 AQSh dollarigacha (so’mli tarif rejasida 300 so’mdan 3000 so’mgacha) to’ldirilishi mumkin.

«Ishonchli to’lov» uch kun muddatga beriladi, ushbu muddat tugagandan so’ng mazkur miqdorning ishlatilgan yoki ishlatilmaganligidan qat’iy nazar, miqdor hisob raqamdan olib qo’yiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq