MTS dan yangi «Tungi Internet» xizmati
14.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic

O’zbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori Uzdunrobita XK, «Mobil Tele Sistemalar» (NYSE: MBT) ochiq aktsiyadorlik jamiyatining 100% sho’ba korxonasi, yangi «Tungi Internet» xizmati ishga tushganini ma’lum qiladi.

«Tungi Internet» xizmatini yoqtirgan kompaniyaning barcha abonentlari har kuni tungi 01:00 dan ertalab 08:00 gacha mobil Internetdan ikki barobar ko’proq foydalanishlari mumkin. «Tungi Internet» xizmati mobil Internetning aktiv foydalanuvchilariga saytlarni ko’zdan kechirish, elektron pochta bilan ishlash, grafik va videofaylllarni yanada arzon narxlarda ko’chirib olish imkonini beradi.

«O’zbekistonda innovatsion texnologiyalarning tez sur’atlarda rivojlanishi mobil Internet uchun yangi istiqbollarni yaratadi. Biz O’zbekistonda mobil Internetning keng qo’llamli istiqboliga ishonch bilan qaraymiz, shu sababli bugunning o’zidayoq abonentlarimizgamobil Internetdan foydalanishning maksimal qulay shartlarini taklif etamiz»,- deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasining tijorat bo’yicha bosh direktor o’rinbosari Nuriddin Shadmanov.
«Tungi Internet» xizmatining narxlari:

«Tungi Internet» xizmatiga ulanish:

pic

  • *111*0240# USSD-komandasi yordamida;
  • «Mobil portal» xizmati orqali;
  • SMS orqali 616024 raqamiga «1» ni yuborib;
  • «Shaxsiy kabinet» va «Korporativ shaxsiy kabinet» xizmatlari yordamida.

    RED tariflarining abonentlariga:

    — *111*2*8*1# USSD-komandasi yordamida;
    — «ISSA» Internet xizmati yordamida;
    — Kompaniya ofislarida.

    Orphus system
    O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
    Telegramga qo`shmoq
    Odnoklassnikiga yubormoq
    VKontakteda bo`lishmoq