«Bilayn»dan Mobil Internet yanada qulay
14.06.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori «Klik» tarif rejasining yaxshilanganligi haqida ma’lum qiladi.

2009 yilning 12 iyunidan «Klik» tarif rejasida 1 Mb uchun tolov’ 200 so’mgacha kamaytirildi. Tarifning qolgan shartlari avvalgidek.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Ko’pgina tarif rejalarining shartlarini modernizatsiyalash mobil Internet segmentida davom ettirildi. Endilikda «Bilayn» tarmog’ining yuqori sifatli xizmatidan foydalanish uchun abonentlarimiz kamroq haq to’lashadi».

Eslatib o’tamiz, 2009 yilning 22 mayidan boshlab «Unitel» kompaniyasi bir qator terif rejalarining shartlarini yaxshiladi: «Qulay», «Ajoyib», «Birinchi so’mli», «Shunchaki soniyali», «Suhbat ustasi», «Shahar», «Shahar-Gold» va «Gold-PRO». 2009 yilning 5 iyunidan «O’zimiznikilar» hamda «Biznikilar» tarif rejalarida ham barcha kirish qo’ng’iroqlari bepul bo’ldi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq