Matbuot ma’lumotnomasi
11.06.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1999-2000 o’quv yilidan boshlab magistratura bo’limi ochildi. O’tgan to’qqiz yil ichida universitetda 800 dan ortiq malakali kadrlar tayyorlanib, magistr darajasiga ega bo’ldilar.

pic

Magistr — bu keng ilmga ega, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan hamnafas, ilmiy tadqiqot ishlariga tayyor bo’lgan mutaxassisdir. Universitetda magistrlarga bilim berish borasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.

pic

Universitetda, har o’quv yili yakunida magistrlarga diplom topshirish marosimi tantanali ravishda bayramona ruhda o’tkaziladi. Ushbu marosimga hurmatli mehmonlar, ustozlar va ota-onalar bilan birga, barcha xohlovchilar taklif etiladilar. Shu kuni hamma xursand. Magistrlar bilan bir qatorda ustozlar va ota-onalar ham o’zgacha his-hayajonlarini yashira olmaydilar.

pic

Ushbu yil ham an’anani davom ettirgan holda, qadrli magistrlarga diplom topshirish va ularni kelajak sari mustaqil hayotga kuzatish marosimi o’tkazildi.

2009-yilda ham 12 ta yo’nalish bo’yicha 241 ta magistrlarimiz dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, «Magistr» unvoniga ega bo’ldilar.

pic

Universitetning 4 ta fakultetida magistratura bo’limi mavjud.
Iqtisod va boshqaruv fakultetida 2 ta yo’nalish: «Menejment (sohalar bo’yicha)» va «Tarmoq iqtisodiyoti» bo’yicha bu yil 39 ta magistrlar bitirmoqdalar.

pic

Axborot texnologiyalari fakultetida bu yil 99 ta magistr 9 ta: «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», «Axborotni boshqarish va ishlov berish», «Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minoti», «Axborot xavfsizligi» va «Elektron tijorat», «Amaliy informatika», «Biotexnik tizimlarning texnik va dasturiy ta’minoti», «Kasb-hunar fanlarini o’qitish metodikasi», «Kriptografiya va kriptotahlil» yo’nalishlari bo’yicha tamomladilar. Fakultetda magistratura 2003-2004 o’quv yilida ochilgan.

pic

Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish fakultetida 3 ta yo’nalish: «Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari» va «Mobil aloqa tizimlari», «Raqamli televideniye va radioeshittirish» bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. Ushbu yilda fakultetni 41 ta magistr tugatmoqda.

pic

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida 4 ta yo’nalish: «Aloqa tarmoqlari, uzellari va axborot taqsimoti», «Telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqaruv tizimlari», «Aloqa va axborotga ishlov berishning optik tizimlari» «Kasb-hunar fanlarini o’qitish metodikasi» bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. Bu o’quv yilida fakultetni 62 ta magistr tugatmoqda.

pic

Universitetda magistrlarni bilim olishlari va ilmiy faoliyat olib borishlari uchun hamma imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda katta fondga ega bo’lgan axborot resurs markazi, virtual laboratoriya ishlari va ma’ruza matnlari bilan boyitilgan elektron kutubxona magistrlar xizmatida. Bundan tashqari, internet tizimidan keng foydalanish ham yo’lga qo’yilgan. Universitet magistrlari xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida ham o’z malakalarini oshirib kelmoqda.

pic

TATU magistraturasi mutaxassislar tayyorlashda respublika hududida joylashgan xorijiy kompaniyalar, firmalar va banklarning filiallari bilan hamkorlik qiladi. Bular qatoriga O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda «O’zbektelekom», «MTS», COSCOM, «Alcatel», «Bilayn» va boshqa bir qator kompaniyalar kiradi.

pic

Kelajakda yanada yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar universitetlari professorlarini, jumladan, Hindiston, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan taklif etish rejalashtirilgan.

TATU Magistraturasining bitiruvchilari kelgusida respublikamiz aloqa va axborotlashtirish sohasining yanada rivojlanishi uchun o’z ulushlarini qo’shadilar, deb ishonamiz.

Omad yor bo’lsin Sizlarga, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2009-yil bitiruvchi magistrlari!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq