«Bilayn Universitet» yubileyini nishonladi
11.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

Moskva va Toshkent, 2009 yil 11 iyun. «Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori «Bilayn Universitet» yubileyi haqida ma’lum qiladi.

1999 yili «VimpelKom» kompaniyasi asoschisi Dmitriy Zimin kompaniyaga yangi iqtisodiy sharoitlarga moslashishga ko’maklashish maqsadida rahbarlar guruhi uchun «Bilayn Universitet» dasturini yaratish tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtdan boshlab «Bilayn Universitet» oddiy bir dasturdan juda katta jo’g’rofiy taqsimlangan bo’linmaga aylandi, o’z faoliyati doirasini kengaytirdi, yuzlab kunduzgi, elektron va veb-ta’lim kurslari va dasturlarini ishlab chiqdi hamda «VimpelKom» kompaniyasi guruhining minglab xodimlariga mustaqil rivojlanishlariga ko’mak berdi. Iyun oyining boshlarida «Bilayn Universitet» o’zining yubileyi — tashkil etilgan kunining 10 yilligini keng nishonladi.

Mazkur hodisani sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Bosh direktori Igor Pilyugin ta’kidladi: «Bilayn Universitet» — o’zida ilg’or tajribalarni eng yaxshi amaliyot bilan uyg’unlashtirgan betakror noyob hodisadir. Uning eng katta yutuqlaridan biri — insonga fikr yuritib, o’zini qiziqtirgan savollarga javob topishga yordam beradigan muhitning yaratilishidir. Lekin, eng katta natija, bu albatta — «Bilayn»ning malakali mutaxassislari, aynan ularning yuqori professional darajalari abonentlarimizga yangi xizmatlarni taklif qilgan holda kompaniyaga rivojlanish imkonini beradi».

«Unitel» MChJ da 4 nafar funktsional va 1 nafar korporativ trener ishlamoqda. 2008 yilda kompaniyaning 279 nafar xodimlari «Bilayn Universitet»da tahsil olishdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq