«Davlat boshqaruvida axborot kommunikatsiya texnologyalari (AKT)dan foydalanish» trening-kursi bo’lib o’tdi
10.06.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Shu yil 2 iyunda Toshkentda «Davlat boshqaruvida axborot kommunikatsiya texnologyalari (AKT)dan foydalanish» trening-kursi bo’lib o’tdi. Davlat xizmatchilarining AKT sohasidagi turli yo’nalishlar va jahondagi tendensiyalar bilan bog’liq bilimlarini oshirishga qaratilgan mazkur trening-kursda Toshkent viloyatidagi turli davlat muassasalari, idoralar, agentliklar, mahalliy xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qariyb 40 nafar vakillari qatnashdilar.

pic
Trening-kurs O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining «O’zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko’maklashish» (ICTP) loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan bo’lib, axborot texnologiyalari sohasida o’tkazilayotgan treninglar turkumining mantiqiy davomidir. Agar ilgari tashkilotchilar asosiy e’tiborni nazariy bilimlarga qaratgan bo’lsalar, bu safar mashg’ulotlarda ko’proq amaliy ko’nikmalar hosil qilish bilan shug’ullaniladi.

Avval bu kabi tadbirlar respublikaning Sirdaryo, Samarqand, Xorazm, Navoiy viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qarshi, Termiz, Guliston, Jizzax, Nukus, Buxoro va boshqa shaharlar hokimiyatlarining vakillari uchun o’tkazilgan edi.

Trening davomida «O’zbekiston Respublikasida AKT sohasida qabul qilingan asosiy qonunlar va huquqiy hujjatlar», «Elektron hujjatlar aylanishi tushunchasi», «Elektron raqamli imzo asoslari», «Elektron hukumatni joriy etish borasida jahonda to’plangan tajriba», «Axborot xavfsizligi muammolari» kabi axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa mavzular ko’rib chiqildi.

O’quv jarayoniga O’zbekistonda elektron hukumat komponentlarini joriy etish borasida amaliy tajribaga ega bo’lgan yetakchi tarmoq ekspertlari jalb qilingan. Trening yakunida mashg’ulotlar davomida olingan ko’nikmalarni mustahkamlovchi test o’tkazildi, shu bilan birga ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq