«Bilayn» ning Farg’onadagi xayrli ishlari
10.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori «Xayrli ishlar-2009» loyihasi doirasida navbatdagi xayriya aktsiyasi o’tkazilgani haqida ma’lum qiladi.

«Unitel» MChJ ning Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarini birlashtiruvchi Sharqiy hududiy filiali xodimlari ko’ngli yarim bolalar uchun o’yinchoqlar va pul mablag’lari to’plashga kirishdilar. Iyun oyi boshida ular Farg’ona shahridagi nogiron bolalar tarbiyalanayotgan mehribonlik uyiga kelib, bayram dasturxoni yozdilar va bolalarga sovg’alar topshirdilar.

Voqeani izohlar ekan, «Unitel» MChJ ning Sharqiy hududiy filiali direktori Erkin Ochildiyev shunday dedi: «Xodimlarimizning ko’pchiligi kompaniyamiz uyushtirayotgan «Xayrli ishlar» ijtimoiy dasturida sidqidildan ishtirok etmoqdalar. Bunda tashabbus rahbarlardan emas, aynan xodimlarning o’zlaridan chiqmoqda. Men barcha hamkasblarimga minnatdorchilik bildirishni istardim. Ishonamanki, biz bolalarga ushbu sovg’alarga jo bo’lgan mehrni to’la bera oldik».

Mehribonlik uyi direktori Ibrohim Egamberdiyev: «Bilayn» O’zbekistonda nafaqat yuksak texnologiyalar, balki bolalar va keksalarga mehribonlik ko’rsatayotgani bilan ham mashhur. Barcha tarbiyalanuvchilarimiz nomidan ushbu xayrli aktsiyachda ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildiramiz», — deb ta’kidladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq