«Buzton»: to’lov yanada osonlashdi
08.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa opratori «Buzton» MChJ QK markaziy ofisida plastik kartochkalar yordamida to’lovlarni qabul qilish bo’yicha terminal ochilganligini ma’lum qiladi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Buzton» MChJ QK Bosh direktori Ivan Smolentsev quyidagilarni ta’kidladi: «Biz hamisha taqdim etilayotgan xizmatlarimiz sifati hamda xizmat ko’rsatishda qulay sharoitlar yaratish ustida ishlaymiz, bu borada mijozlarimizning ko’ngillari to’q bo’lishi mumkin. Kompaniyamizning asosiy ustuvor vazifalaridan biri — takliflarimizning qulayligi hamda abonentlar uchun ma’qulligidadir».

Eslatib o’tamiz, shu yilning mart oyida «Buzton» QK birinchilardan bo’lib «ELEKTRON TO’LOVLAR TIZIMLARI» MChJ bilan shartnoma imzoladi. Bu esa mijozlarga xalqaro telefoniya hamda Internetga 3 000, 5 000, 10 000 va 20 000 so’m nominaldagi universal PIN-kodlar yordamida ulanish imkoniyatini beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq