MTS kompaniyasidan yangi «Mobil otkritkalar portali» xizmati
07.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic

O’zbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori Uzdunrobita XK, «Mobil Tele Sistemalar» (NYSE: MBT) ochiq aktsiyadorlik jamiyatining 100% sho’ba korxonasi, yangi «Mobil otkritkalar portali» xizmatining ishga tushganligi to’g’risida e’lon qilmoqda.

Mazkur servisning antiqaligi shundan iboratki, mobil otkritkalar portaliga kirgan abonentlar 30 kun davomida o’z do’stlariga cheklanmagan miqdorda otkritkalar yuborish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

«Mobil otkritkalar portali» xizmatidan foydalanish uchun:
— Abonent *111# USSD-portalidagi «Otkritkalar» bo’limi yordamida mobil otkritkalar katalogini so’raydi, shundan so’ng unga SMS orqali katalog WAP-havolasi yuboriladi;
— WAP-havola orqali kirgach, abonent mobil otkritkalar wap-portaliga o’tadi;
— Abonent tegishli toifani va yoqqan otkritkani tanlaydi;
— Abonent formani to’ldiradi (qabul qiluvchining raqami, ismi, o’zining tabriklari) va otkritkani yuboradi;

Qabul qiluvchi 11110 bepul raqamidan otkritka uchun wap-havolani oladi, unga o’tib, u otkritkani ko’chirib olishi va uni ko’rishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun otkritkalarni yuboruvchi abonentda va qabul qiluvchi abonentda GPRS/WAP/MMS xizmati yoqilgan bo’lishi hamda WAP-profil sozlangan bo’lishi lozim.

Agar GPRS/WAP/MMS xizmati hali ulanmagan bo’lsa, *111*0011# USSD-komandasini terishi kerak.

0876 raqamiga qo’ng’iroq qilib, «Sozlab ol» bepul xizmatidan foydalanib, telefonda WAP-profilni sozlab olish mumkin.

Otkritkalar portalidan 30 kun davomida foydalanish uchun 1 ta so’rov yuborish narxi — $1,99. Barcha kiruvchi xabarlar — bepul.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq