«Bilayn» bolajonlarni tabrikladi
01.06.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

Qarshi, 2 iyun 2009 yil. «Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Xayrli ishlar-2009» dasturi doirasida xayriya ishlari o’tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

1 iyun kuni Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarini birlashtiruvchi Janubiy hududiy filial xodimlari Qarshidagi 3-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Bolajonlarni tabriklab, hamda o’yinchoqlar taqdim etib, ularni bayram dasturxoniga taklif etishdi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Janubiy hududiy filiali Direktori Ulug’bek Ahmedov dedi: «Bolalarni himoya qilish kuni — ota-onasi mehridan maxrum bo’lgan bolajonlar haqida qayg’urish uchun ajoyib sabab. Ammo bizning «Xayrli ishlar-2009″ dasturimiz hamisha yetimlarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. Bolalar bizning kelajagimiz ekan, biz ular to’g’risida bugun qayg’urishimiz kerak».

Qarshi shahridagi 3-sonli Mehribonlik uyi direktori Hadicha Karimova: «Bizning mamlakatimizda yordamga kelish uchun hamisha tayyor bo’lgan tashkilotlar va insonlarning borligi qanday yaxshi. Ular bizni doimo tushunishadi, qo’llab-quvvatlashadi. Bizga taqdim etgan mana shunday xursandchilik uchun «Bilayn» kompaniyasiga rahmat».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq