Nashrga topshirildi №6

Forumda muhokama qilish

Matbuot ma’lumotnomasi “O’zbektelekom” AK Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi 30.06.2009 — Rukn: Yangiliklar

2009-yil 30-iyun kuni "Radisson SAS" mehmonxonasining Konferens-zalida "O'zbektelekom" AK Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig'ilishi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirning kun tartibida o'rin olgan, Kompaniyaning 2008-yil yakuni bo'yicha moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalari, 2008-yil buxgalterlik balansi va yillik hisobotini tasdiqlash, 2008-yil natijalari bo'yicha sof foydani taqsimlash va dividendlar to'lash, 2009-yil Biznes-rejasini tasdiqlash hamda aksiyadorlarning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar to'g'risida atroflicha muhokama qilinishi ko'zda tutilgan.

“Oltin vasvasasi”: “Bilayn”dan “yettiliklar” tanlovi 30.06.2009 — Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

"Bilayn" ("Unitel" MChJ va "Buzton" MChJ QK) yagona aloqa operatori "Oltin vasvasasi" aksiyasining o'tkazilayotgani haqida ma'lum qiladi.

Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ta’sirini bartaraf etishning yo’llari va choralari mavzuiga bag’ishlangan seminar 30.06.2009 — Rukn: Yangiliklar

2009-yil 19-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'umitasining "Jahon moliyaviy inqirozining O'zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ta'sirini bartaraf etishning yo'llari va choralari" mavzuiga bag'ishlangan seminari bo'lib o'tdi. Seminar O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda o'tkazildi.

“Bilayn” dan Internet Sizning uyingizda 29.06.2009 — Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

"Bilayn" ("Unitel" MChJ va "Buzton" MChJ QK) yagona aloqa operatori "Uyingizda Internet" xizmati ishga tushirilgan sanadan (2008 yil 24 noyabr) to 2009 yilning may oyigacha o'tgan vaqt mobaynida ushbu xizmatdlan foydalanish natijalari qanday bo'lganini xabar qiladi.

“Bilayn” ning call-markazi operatorlari tomonidan 2009 yilda 33 mln. ta qo’ng’iroqqa xizmat ko’rsatildi 29.06.2009 — Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

"Bilayn" yagona aloqa operatori ("Unitel" MChJ va "Buzton" MChJ QK) 2009 yilning besh oyi davomidagi Mijozlarga xizmat ko'rsatish Xizmatining (MXK) faoliyati natijalari haqida ma'lum qiladi.

“Bilayn Biznes” Toshkent Biznes-klubida taqdimot o’tkazdi 29.06.2009 — Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

"Bilayn" ("Unitel" MChJ va "Buzton" MChJ QK) yagona aloqa operatori Innovatsiya va menejment markazi qoshidagi Toshkent Biznes-klubining majlisi doirasida "Bilayn Biznes" xizmatlarining taqdimoti o'tkazganligi haqida ma'lum qiladi.

“Bilayn” dan yangi mavsum xiti 28.06.2009 — Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

"Bilayn" yagona aloqa operatori ("Unitel" MChJ va "Buzton" MChJ QK) 2009 yilning 29 iyunidan "Xit" yangi tarif rejasi ishga tushirilganini ma'lum qiladi.

Internetda hisob-kitob jarayoni 28.06.2009 — Rukn: Internet

Internetdan foydalangan holda qator qulayliklarga ega bo'lib, hisob-kitob ishlarini amalga oshirish mumkin. Bu jarayon quyidagi sxemada ko'rsatib berilgan. Internet sotuvchi va xaridor yer kurrasining ixtiyoriy nuqtasida bo'lishiga qaramay, on-line rejimda aloqa bog'lash imkonini beradi.

Ochiq kodli dasturiy ta’minotni mahalliylashtirish: foydalanuvchi interfeysini ona tiliga o’girish 24.06.2009 — Rukn: Texnologiya

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari dunyosida yangi texnologiyalar va ular bilan birga, yangi imkoniyatlar avvalgidan ham tez sur'atlarda kirib kelmoqda. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minot harakati bu shunday taraqqiyotki, u hozirda bizning oldimizda turibdi. Bu bosqichma-bosqich taraqqiyot jarayoni, yangi texnologiya, yangi bilimlar, standartlar hamda boshqa ko'plab narsalarni anglatadi. Bu davlat va xususiy sektorga hamda ta'lim muassasalariga ko'plab imkoniyatlarni ochib beradi. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minotdan foyda olgan va tatbiq etgan tashkilotlar, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar mos ravishda katta daromad oldilar, bu imkoniyatdan foydalanmaganlar esa o'z AKT taraqqiyotlarini boshqalarga nisbatan orqada qolganini ko'rishlari mumkin.

Elektron portfolio saqlanmalarini yaratish masalalari 24.06.2009 — Rukn: Internet

pic

2008-yilda boshlangan Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hozirgi kunda dunyoning biror-bir davlatini chetlab o'tmayapti. Bu muammoning ta'sirlarini bartaraf etish va inqirozdan chiqib ketish yo'llari qidirilmoqda, turli g'oyalar ilgari surilmoqda, tegishli qonun va qarorlar qabul qilinmoqda.