«Bilayn»ning Markaziy hududiy filialiga — 2 yil!
28.05.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

Samarqand, 29 may 2009 yil. «Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori Samarqand va Jizzax viloyatlari hududida xizmat ko’rsatuvchi «Bilayn»ning Markaziy hududiy filialining (MHF) ikki yillik faoliyatiga yakun yasaydi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ ning hududiy rivojlanish bo’yicha Direktori Andrey Anisimov quyidagilarni ta’kidladi: «Markaziy hududiy filial sanoati rivojlangan viloyatlarni birlashtiradi hamda jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi bo’yicha yetakchidir. Bu yerdagi ikki yillik faoliyatimiz bizning kompaniyamizga jiddiy natijalarni olib keldi. Filial ishga tushirilgandan beri o’tgan ikki yil davomida abonentlar bazasi uch yarim baravar, tarmoqning qoplanish hududi ikki marotaba ortdi. «Bilayn»ning sifatli aloqasidan Ziadin va Payshanba kabi uzoq tumanlarda ham foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi».

Bahrom Mahatov, Markaziy hududiy filial Direktori: «Bizning jamoa ikki yil davomida bir qator tashabbuslar bilan o’zining novatorlik sifatlarini namoyish etdi. Bugungi kunning eng asosiy trendlaridan biri sifatida yangilangan «Daqiqa plyus» tarif rejasini keltirish mumkin, bu bizning abonentlarimizga mobil aloqa uchun xarajatlarini rejalashtirishayotganda o’zlarini dadil xis etishlariga yordam beradi».

MHF hududida sezilarli darajada tashqi savdo tarmog’i kengaytirilgan: bugungi kunda 451 ta dilerlik salonida «Bilayn» abonentiga aylanishingiz, hisobingizni esa 2000 dan ortiq to’lovlarni qabul qilish shaxobchalarida to’ldirishingiz mumkin.

MHF dagi «Bilayn Biznes»ning korporativ mijozlari soni 650 ta yirik, o’rta va kichik biznes vakillardan iborat, ularning orasida Samarqand aeroportini ham misol tariqasida keltirish mumkin.

MHF ijtimoiy dasturlarga ham alohida e’tibor bermoqda. Jumladan, «Mobil etiket» ta’limiy loyihasini rivolantirish doirasida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, huquqni saqlash organlari, transport, ma’rifiy muassasalar, yirik mass-mediya hamda boshqa jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda davra suhbatlari tashkil etildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq