«Bilayn»dan «Xorijiy to’lov»: xizmatning birinchi natijalari
27.05.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa op?ratori «Xorijiy to’lov» xizmatlarining 5 oylik natijalari haqida ma?lum qiladi.

Har oyda ham tranzaktsiyalar soni, ham to’lovlar miqdori ortib bormoqda. Jumladan, aprelda mart oyiga nisbatan o’tkazmalar soni 10% ga o’sdi. O’rtacha pul o’tkazmalari soni o’tgan oyga nisbatan 11% ga ortdi. Qiziqarli tomoni shundaki, eng ko’p pul o’tkazmalari 1-2 may kunlariga to’g’ri keldi.

«Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin sharhlaydi: «Unitel» mijozlari bizning rossiyalik hamkasblarimizga Rossiyada bo’la turib, qanday qilib o’zlarining hamda yaqinlarining hisoblarini to’ldirish mumkinligi to’g’risida savol bilan murojaat qilishadi. Bu esa «Xorijiy to’lov» xizmatlarining ahamiyatli ekanligini tasdiqlaydi. Har haftalik o’tkazmalar hajmi yanvar oyidan may oyiga qadar ikki baravarga o’sdi. Hozirda «Bilayn»ning har bir xodimi xorijda aloqasiz qolmasligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Bundan tashqari, abonentlarimizning rossiyalik qarindoshlari va do’stlari O’zbekistondagi o’z yaqinlari to’g’risida qayg’urib, ularning hisoblarini to’ldirib qo’yishlari mumkin».

«Xorijiy to’lov» — bu Rossiya hududida bo’la turib, o’zingizning yoki boshqa abonent balansini to’ldirish imkoniyatini beradi. Buning uchun Interkoopbank tashkil etgan «Interexpress» to’lov tizimlari shaxobchalaridan biriga murojaat qilish lozim. To’lov muvaffaqiyatli o’tganligi tasdiqlangandan so’ng mijozga o’zida to’lov qabul qilingan vaqt va sana, to’lov puli o’tkazilgan telefon raqami hamda to’lov miqdori ko’rsatilgan chek beriladi. Bunda to’lovning minimal miqdori 3 AQSh dollarini tashkil etadi.

«Interexpress» to’lovlarini qabul qilish shaxobchalari manzilini [url=http://www.beeline.uz]www.beeline.uz[/url] saytida topishingiz mumkin.

«Xorijiy to’lov» xizmatidan faqatgina Rossiyada bo’lgan yoki yashayotgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. Mazkur xizmatdan faqatgina oldindan hisob-kitoblar tizimi tarif rejalarini ishlatuvchi «Bilayn» abonenti balansini to’ldirish uchun foydalanish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq