Pochta — el xizmatiga doim shay!
24.05.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Lazizjon Jo'rayev.

pic

O’zining yarim asrdan ko’proq tarixiga ega bo’lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatida keyingi o’n yil mobaynida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Bugungi kunda u nafaqat o’zining jozibador tashqi ko’rinishi, balki o’quv jarayonini amalga oshirishdagi barcha talablarga ja-vob bera oladigan, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan ko’rkam, shinam, yorug’ o’quv xonalari bilan ham kishi diqqatini o’ziga tortadi.

Universitetning Iqtisod va boshqaruv fakulteti tasarrufida faoliyat olib borayotgan «Pochta xizmatini avtomatlashtirish» kafedrasi ham tabiiyki ushbu o’zgarishlardan chetda qolib ketmagan. Bugungi kunda o’zining 10 yoshini nishonlayotgan «Pochta xizmati» yo’nalishi, 1999-yilda o’z faoliyatini boshlaganda moddiy-texnik bazasi jihatidan to’liq ta’minotga ega emas, ya’ni atigi bir dona eski rusumli kompyuter va printer qurilmasi mavjud bo’lgan xolos.

Universitet rahbariyatining har tomonlama bilimli va yetuk kadrlar tayyorlash yo’lidagi sa’yi harakatlari natijasida 2003-yilga kelib, kafedra tasarrufida «Pochta xizmati» yo’nalishi talabalari uchun kompyuter sinfi tashkil etildi. Kompyuter sinfi Pentium-4 kompyuteri, skaner qurilmalari, kserokopiya apparati, faks apparati, tarmoqni bog’lash qurilmasi (Hab Switch) kabi zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlandi va internet tarmog’iga ulandi.

O’z navbatida, kafedra o’quv yuklamasiga pochta xizmatida axborot tizimlari, pochta xizmatining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish yo’nalishlari bo’yicha fanlar kiritilib, shu asosda talabalarning kompyuter savodxonligini oshirish yuzasidan ijobiy natijalarga erishildi. Xususan «EXCEL» muhitida pochta aloqa korxonalarining rejalashtirish bo’limlari hisobotlarini tayyorlash, «WORD» matn muharririda ish hujjatlarini tayyorlash, «Power point» muhitida hisobotlar taqdimotini tayyorlash yo’nalishlarida amaliy mashg’ulot ishlari olib borildi.

2008-2009 o’quv yilida «Pochta xizmatini avtomatlashtirish» kafedrasi moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, yo’nalish talabalarining axborot texnologiyalari bo’yicha yanada sifatli bilim olishlarida qulay sharoitlar yaratib berish maqsadida kafedra kompyuter sinfi uchun zamonaviy kompyuterlar ajratildi va internet tarmog’iga ulandi.

Kafedra ixtiyoriga ajratilgan axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalanish, ishlab chiqarishda ro’y berayotgan yangiliklar to’g’risida talabalarga to’liqligicha ma’lumotlar yetkazish, o’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liq holda olib borish, talabalarni pochta xizmati korxonalarida qo’llanilayotgan axborot tizimlari va ularning dasturiy ta’minotlari, ishlatilishi tamoyillari bilan yaqindan tanishtirish,talabalarda ishlab chiqarish malakalarini hosil qilish maqsadida «O’zbekiston pochtasi» OAJ «Toshkent pochtamti» filialida ishlab chiqarishga joriy etilgan «Elektron pul jo’natmalari», «Aholidan kommunal to’lovlar qabul qilish» axborot tizimlarining dasturiy ta’minotlari kafedra kompyuter sinfida tashkil etilgan tarmoq serveriga o’rnatildi. Ushbu dasturiy ta’minotlar «Fido Biznes» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, mijoz-server tizimida ishlaydi.

«Elektron pul jo’natmalari», «Aholidan kommunal to’lovlar qabul qilish» axborot tizimlarini o’rganish bo’yicha mavzular kafedra o’quv yuklamasida mavjud bo’lgan «Pochta xizmatida axborot texnologik tizimlar» fani dasturiga kiritilgan bo’lib, bugungi kunda talabalar qulay sharoitlardan foydalangan holda, aynan shu dasturlarning ishlash tamoyillarini va pochta aloqa korxonasi operatorlarining ishlash amaliyotini hamda mijoz, operator sifatida axborot tizimidan foydalanish jarayonini o’rganmoqdalar.

Bundan tashqari, «Pochta xizmati» yo’nalishi o’quv jarayoni sifatini yanada yaxshilash, olingan bilimlarni amaliy ko’nikmalar orqali mustahkamlash maqsadida Universitet va FTMTM rahbariyati tashabbus va sa’yi ha-rakatlari natijasida kafedra tasarrufida «Namunaviy pochta aloqa bo’limi» ishga tushirildi.

Davlat standartlariga mos ravishda, jihozlangan ushbu pochta aloqasi bo’limida talabalar zamonaviy elektron tarozi, shtrixkodlash qurilmasi va pochta xizmatining nomli buyumlari hamda turli xildagi shakl blankalaridan foydalangan holda amaliy mashg’ulot ishlarini olib bormoqdalar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq