«Bilayn»ning «Oltin» savdosi
24.05.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori O’zbekistonning global savdo tarmog’i hisoblanmish Uzbex.com orqali «Oltin» raqamlar bo’yicha o’tkazilgan birinchi savdolar haqida ma’lum qiladi.

Savdolarga bir nechta 000 XX XX prefiksli raqamlar qo’yilgan edi. O’zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi (O’zRTSB) tomonidan tashkillashtirilgan hamda Uzbex.com portali bilan hamkorlikdagi birinchi ishning tajribasi muvaffaqiyatli chiqqanligini ko’rsatdi: «Oltin» raqam «Bilayn» mijozi tomonidan 4 000 000 so’mga sotib olindi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «O’zRTSB bilan hamkorlikdan mamnunmiz, sababi biz mijozlarimizga imkon qadar qulay sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Yoqtirgan raqamingizni uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib sotib olish — bu judayam qulay. Alohida ta’kidlashni istardimki, birinchi «Oltin» raqamning sotuvidan tushgan mablag’larni kompaniya «Xayrli ishlar-2009″ dasturi doirasida O’zbekistondagi Mehribonlik uylariga beg’araz yordam tarzida yo’naltirishni rejalashtirmoqda».

«Bilayn»dan «Oltin» raqam sohibi bo’lgan A.Abdulhoqov: «Elektron savdolar to’g’risida men yaqin tanishimdan eshitdim. Men to’qqiz yildan beri «Unitel» ning xizmatlaridan foydalanib kelaman va aynan shuning uchun ham savdolarni o’zimning xususiy korxonam nomidan ishtirok etdim. «Bilayn» ofisida men mening mablag’larim yetim-bolalarga yordam sifatida yuborilishini eshitdim. Men mana shunday xayrli ishga aloqador bo’lib qolganligimdan faxrlanaman. Chin yurakdan «Bilayn»ni tabriklashni istardim va uning ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar va rivoj tilayman!»

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq