«Bilayn» muloqot geografiyasini kengaytirmoqda
24.05.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

Toshkent, 25 may 2009 yil. «Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori xalqaro ovozli CAMEL va GPRS-rouming geografiyasining kengayganligi haqida ma’lum qiladi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Bilayn» hamisha o’z mijozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida rouming-tarmog’ini kengaytirish ustida ishlaydi. Abonentlarimiz to’g’risidagi g’amxo’rlik nafaqat butun dunyo bo’yicha hamkorlar sonining ortishida, balki istalgan ijobiy balansda onlayn-tarifli roumingdan foydalanish imkonini beruvchi CAMEL-rouming kabi o’ziga xos xizmat turlarini taqdim etishda namoyon bo’ladi».

Endilikda xalqaro ovozli rouminglar quyidagi operatorlar tarmog’ida mavjud: CSL (Gonkong), PT. Natrindo Telepon Seluler «AXIS» (Indoneziya), MOOV (Kot-d’Ivuar), Claro (Gvatemala), Go Mobile (Benin) va CTM (Makao).

GPRS-rouming xizmatlari IAM (Marokko) tarmog’ida ham yo’lga qo’yildi.

Bundan tashqari «Bilayn»dan CAMEL-rouming bo’yicha taklif quyidagi operatorlar tarmog’ida ham mavjud: Azerfon (Ozarbayjon), Swisscom (Shveytsariya), TMN (Portugaliya) va Go Mobile (Mal’ta).

CAMEL-rouming «Bilayn» aloqasidan foydalanish imkoniyati kafolatsiz 50 AQSh dollari to’lagandan so’ng, abonent balansi 0 AQSh dollari qolgunga qadar mavjud. Bunda hisobdagi mablag’lar real vaqt tartibida olinadi. CAMEL-rouming faollashtirishni talab qilmaydi, sababi xizmatlar telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Mazkur xizmatdan, oldindan hisob-kitob qiluvchi tarif rejalarini ishlatadigan, hisob-raqami istalgan ijobiy balansda bo’lgan — jismoniy shaxs bo’lgan abonentlar foydalanishlari mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq