Toshkentda Dasturchilarning milliy forumi «BestSoft — Uzbekistan 2009» bo’lib o’tdi
19.05.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent axborot texologiyalari universitetida 12-14 may kunlari Milliy dasturchilar forumi va «BestSoft — Uzbekistan 2009» dasturiy mahsulotlar milliy ko’rgazmasi, shuningdek, «Elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishini rivojlantirishning dolzarb muammolari» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi. Tadbirlar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

pic

Forumning ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyulda qabul qilingan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorida va 2010 yilgacha kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish, jumladan, mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar belgilangani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish tarmog’i jadal rivojlanib borayotir. Buni quyidagi misollardan ham ko’rish mumkin. Bugun respublikamiz shahar va tumanlari markazlaridagi barcha tarmoqlar raqamlashtirilgan bo’lib, aholi, korxonalar, tashkilot va muassasalarga yuqori sifatli shaharlararo telefon aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlari ko’rsatilmoqda. Barcha joylarda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda, Internetdan foydalanuvchilar hamda mobil aloqa kompaniyalari abonentlari soni muntazam ko’paymoqda. Davlat idoralari va xo’jalik yurituvchi subyektlar o’z faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashga asoslangan yuqori texnologik kompyuter uskunalarini tatbiq etmoqda. Bularning barchasi, o’z navbatida, zamonaviy dasturiy ta’minotni talab qiladi.

Mamlakatimizda softver sanoati har tomonlama qo’llab-quvvatlanmoqda. Yurtboshimizning tashabbusi bilan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun soliq imtiyozlari belgilangani, ular faoliyatining rivojida muhim o’rin tutmoqda. Har yili eng yaxshi milliy dasturiy mahsulotlar respublika tanlovi o’tkazilayotir. Bu O’zbekistonda softver mahsulotlari bozorining son va sifat ko’rsatkichlarini oshirish uchun asos yaratdi.
Yildan-yilga dasturiy ta’minot ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar ko’paymoqda, dasturiy mahsulotlar bozori kengaymoqda, litsenziyali dasturiy ta’minotdan foydalanish darajasi va sertifikatga ega dasturchilar soni ortib bormoqda. Xalqaro autsorsing tizimida milliy softver mahsulot ishlab chiqaruvchilar munosib o’rin egallayotgani bu borada alohida ahamiyatga ega.

Milliy dasturchilar forumiga dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va joriy etish sohasidagi yetakchi mutaxassislar to’plandi. Unda xalqaro va mamlakatimiz IT kompaniyalari — ishlab chiqaruvchilar va integratorlar, kontent-ishlab chiquvchilar, xizmatlar provayderlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, vazirlik hamda idoralar vakillari ishtirok etmoqda. Ular o’zaro tajriba almashib, mahorat darslari, taqdimot marosimlari, o’quv seminarlarini o’tkazadi. Seksiyalarga bo’lingan yig’ilishlarda respublikamiz dasturiy sanoatining biznes-hamjamiyatlar vakillari hamda aholining keng qatlami uchun mo’ljallangan mavjud va istiqbolli yutuqlari namoyish etildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq