«Bilayn» talabalarni qo’llab-quvvatladi
19.05.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

Urganch, 2009 yil 20 may. «Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori may oyining boshlarida Middle Asia hududiy mintaqasida bo’lib o’tgan Dasturlash bo’yicha Jahon chempionatining 1/4 finalini qo’llab-quvvatlaganini ma’lum qiladi.

«Bilayn» vakillari musobaqa g’oliblarini aniqlash uchun tashkil etilgan hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi, hamda g’olib chiqqan uch jamoaga sovg’alar taqdim etdi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ ning G’arbiy mintaqa filiali direktori Abay Kolanov quyidagilarni ta’kidladi: «Biz Chempionat tashkilotchilarining takliflarini quvonch bilan qabul qildik. Sababi, respublikamiz kelajagi, jumladan telekommunikatsiya tarmog’i o’sib kelayotgan yosh avlodga bo’g’liq. Va biz, ijtimoiy-mas’uliyatli kompaniya sifatida, zamonaviy yoshlarning taraqqiy etishi hamda ta’limiga o’zimizning ulushimizni qo’shishga harakat qilmoqdamiz».

Toshkent axborot texnologiyalari Universitetining Urganch filiali rektori Maqsud Sharipov: «Bunday musobaqalar talabalarimizning keyingi rivojlanishlariga rag’batlantiradi. «Bilayn»ning homiy sifatida ishtirok etishi bizning musobaqamizni bezadi, uni yanada yorqin va hayajonli qildi, buning uchun biz ulardan minnatdormiz».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq