«Bilayn»dan xushxabarlar vaqti
18.05.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic   pic

«Bilayn» («Unitel» MChJ va «Buzton» MChJ QK) yagona aloqa operatori 2009 yilning 22 mayidan boshlab, AQSh dollarida tariflanadigan bir qator tarif rejalari shartlaridagi o’zgarishlar to’g’risida ma’lum qiladi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Mijozlarimiz ishonch hosil qilishlari mumkinki, biz «Bilayn»ning aloqa sifati hamda muloqot sharoitlarini yaxshilash ustida doimiy tarzda ishlaymiz. Biz kelajakda ham abonentlarimizni tushunarli va manfaatli takliflar bilan xursand etishda davom etamiz».

Jumladan, «Shunchaki soniyali» tarif rejasida O’zbekistondagi barcha mobil raqamlardan kirish qo’ng’iroqlari bepul bo’lmoqda. Bunda sekundlik tarifi saqlanib qolinadi, hamda chiquvchi qo’ng’iroqlarning narxi avvalgidek.

«Suhbat ustasi» tarifida daqiqalik tarif bilan olinganda butun mamlakat bo’ylab suhbatning bir daqiqasi $0,015 gacha kamaytirildi.

«Shahar» va «Shahar-Gold» takliflari doirasida barcha kiruvchi va chiquvchi shahar qo’ng’iroqlari $0,01 gacha kamaytirildi. «Gold Pro» tarifi abonentlari uchun shahar yo’nalishi bo’yicha barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar bahosi $0,01 gacha kamaytirildi.

Bundan tashqari, «Jonli nol» tarif rejasining imkoniyatlari kengaymoqda: endilikda mobil telefonlardan kiruvchi qo’ng’iroqlar bepul tarif rejasidagi abonentlar balans nol bo’lgan taqdirda ham nafaqat «Bilayn» mijozlaridan, balki boshqa uyali aloqa operatorlaridan ham qo’ng’iroqlarni qabul qilishlari mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq