Chum Red Suo, Pnompen! Beeline aloqada!
17.05.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic

Pnompen — Moskva. 2009 yil 18 may. «Vimpel-Kommunikatsiyalar» Ochiq aksiyadorlik kompaniyasi («VimpelKom» yoki «Kompaniya») (NYSe: VIP), Rossiya hamda MDH dagi telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatuvchi yetakchi provayderlardan biri, sotib olingan Sotelco LTD kompaniyasi orqali Beeline savdo belgisi bilan Kambodja davlatida ham mobil aloqa xizmatini ko’rsatishni boshlaganligini rasman ma’lum qiladi.

«Kambodjada Beeline brendining ishga tushirilishi — bu Rossiya va MDH davlatlaridan tashqarida, Janubiy-G’arbiy Osiyoda birinchi bor rossiyalik telekommunikatsiya operatorlari uchun o’z tarmog’ini kengaytirishga qaratilgan dastlabki loyihadir. Bu MDH dagi muvaffaqiyatimizni davom ettirayotgan kompaniyamizning xalqaro maydonda rivojlanishidagi muhim bosqichdir», — ta’kidladi «VimpelKom» OAJ ning xalqaro biznesni rivojlantirish bo’yicha ijrochi vetse-prezidenti Vladimir Ryabokon, — bizning dastlabki sotuvlarimiz 4 maydan boshlandi va hozirga qadar Kombodjaning 50 mingga yaqin aholisi «Bilayn» abonentlariga aylandi».

Birinchi bosqichda Bilayn aloqasidan Kambodja aholisining 37 foizi istiqomat qiladigan 11 ta eng yirik hududlarida foydalanish mumkin. Yil oxirigacha kompaniya Kambodja aholisining uchdan ikki qismi yashaydigan hududini qoplashni ta’minlashni rejalashtirmoqda.

2009 yilning may oyidan boshlab Pnompen, Sianukvile, SiemRupe, Battambange, Kampong Tyame shaharlarida Bilaynning xizmat ko’rsatish va sotish ofislari ochilmoqda, u yerda barcha xohlovchilar operator mijozlariga aylanishlari mumkin. Yil oxirigacha savdo tarmog’ini kengaytirish rejalashtirilmoqda va ular 5 mingdan ortiq to’lov kartalarini sotish shahobchalari, sim-kartalarni sotish bo’yicha 1700 ta ixtisoslashtirilgan do’konlar, 180 ta brendli turg’un savdo joylari (Kambodja bozorining savdo tarmag’i uchun yangilik) hamda 5 ta o’z ofislaridan iborat bo’ladi.

Kambodjada Beeline brendi ostidagi birinchi mahsulot «Bum» tarif rejasi bo’ldi. «Bu Kambodja bozori uchun noyob mahsulot bo’lib, oddiy va tushunarli, ya’ni barcha yo’nalishlardagi qo’ng’iroqlarning yagona narxdaligidir. Uning muhim afzalligi — Beeline tarmog’i ichidagi raamlarga ham, boshqa mobil operatorlarga qo’ng’iroqlarning ham arzon, bir daqiqa uchun 5 sent ekanligidir. Bundan tashqari, u xalqaro yo’nalishlar bo’yicha mijozlarni jalb etadigan narxlarda qo’ng’iroqlar qilishga imkon beradi», — deb ta’kidladi Sotelco LTD bosh direktori Gael Kampan.

«Bum» tarif rejasi ishga tushirilgandan buyon Beeline o’zining Kambodjadagi abonentlariga «Jonli nol», SMS, MMS, GPRS-Internet, GSM tarmog’ining barcha bazaviy xizmatlari (Konferents-aloqa, AON, boshqa yo’nalishga yo’llash, chaqiruvni kutish) kabi qo’shimcha xizmatlarni taklif qilib kelmoqda. Yaqin kelajakda qo’shimcha xizmat turlari yanada kengaytiriladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq