Yetuk kadrlar tayyorlash davr talabi
26.04.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: O. Turg'unov, Z. Uzoqov.

pic

Mamlakatimiz mintaqalarida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, kasbiy ta’lim sohasida yosh mutaxassis bakalavr va magistr kadrlarni tayyorlash, shuningdek, o’quv muassasalari, korxona hamda tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o’qituvchi, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirishda qulaylik yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) filiallari tashkil etildi.

Hozirgi davrda TATU Qarshi filialida quyidagi yo’nalishlarda bakalavrlar tayyorlanmoqda:
— «5521900 — Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)»;
— «5140900 — kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari» sohasida);
— «5522200 — telekommunikatsiya»;
— «5811200 — servis (axborot servis)».

Shuningdek, «5A521904 — matematik va hisoblash mashinalari, komplekslar, tizim hamda tarmoqlarning dasturiy ta’minoti» mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Filialda to’rtta kafedra ish yuritmoqda, ulardan ikkitasi: Informatika va axborot texnologiyasi, kasbiy ta’lim va telekommunikatsiyalar, tabiiy va umumkasbiy fanlar, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan iborat.

pic
Bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalar soni

O’quv yillari bo’yicha bakalavriat va magistratura talabalari soni o’sish ko’rsatkichlari birinchi va 2-diagrammada, 3 hamda 4-diagrammada esa bakalavriat va magistratura bo’limi bitiruvchilarining soni ko’rsatilgan. Filialda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyati yoshlari tahsil oladilar.

Filial bazasidagi Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlaridagi oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalaridan axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 96 nafar o’qituvchi malaka oshirishga muyassar bo’ldi. Tarmoqdagi so’nggi yangiliklar bilan tanishish maqsadida filialning 4 nafar o’qituvchisi tayanch universitetda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida bo’lib qaytdilar.

Filialda chet ellardagi yetakchi universitetlar bilan ilmiy-pedagogik aloqalar o’rnatishga katta e’tibor qaratiladi, o’qituvchilar mazkur universitetlarga malaka oshirish uchun yuboriladi. Xususan, o’qituvchilardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi «Iste’dod» jamg’armasi granti asosida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida malaka oshirib qaytdi. Malaka oshirib qaytganlar tomonidan filial o’qituvchilari va talabalari uchun seminar tashkil etilib, natijalar o’quv jarayoniga keng tatbiq etilib kelinmoqda. Shuningdek, filialda Rossiya Fanlar Akademiyasi Sibir bo’linmasi, Tver davlat universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Matematika va axborot texnologiyalari instituti, O’zbekiston Respublikasi mexanika va inshootlarning zilzilabardoshligi institutlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritiladi.

TATU Qarshi filiali mintaqadagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ilmiy va o’quv-metodik yordam ko’rsatadi, yoshlar o’rtasida kasbga yo’llash ishlariga katta e’tibor qaratadi. Filial o’qituvchilari «Nuriston» akademik litseyi, Qarshi davlat universiteti qoshidagi akademik litsey, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlarida kompyuter texnologiyalari, bank ishi, qishloq xo’jaligi va boshqa fanlardan dars o’tishda va davlat attestatsiya komissiyalarida ishtirok etadilar.

pic
Bakalavriat va magistraturani bituruvchilari soni

Yosh dasturchilar jamoasi dasturlashtirish bo’yicha jahon chempionatining mintaqaviy musobaqalarida muntazam ishtirok etib keladilar. 2008-2009 o’quv yilida filial jamoasi chempionat yarimfinalida bellashdi. Filial talabalari orasida O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborot agentligining maxsus stipendiyalari laureatlari, J. Neru nomli xalqaro axborot texnologiyalari markazi sertifikati sovrindorlari bor.

O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborot agentligi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi tashkilotlari bilan muntazam uzviy aloqa o’rnatilgan. Boshqarmaning yetakchi mutaxassislari malakaviy amaliyotni o’tash davrida rahbarlik qilish, talabalarning bitiruv-malakaviy va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik hamda maslahatchilikni amalga oshiradilar, davlat attestatsiya komissiyasining raisi va a’zolari sifatida o’quv jarayoniga jalb etiladi. Har yili o’rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasasidagi bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining ma’lum qismi hududiy boshqarma tashkilotlaridagi muammolarga asosan amalga oshiriladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq