MTSning «GOOD’OK» xizmati butun O’zbekiston bo’ylab
26.04.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic

2009 yil 21 aprel kunidan boshlab, «GOOD’OK» xizmati O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida amal qila boshladi. Endi MTS kompaniyasing abonentlari, Respublikaning qaysi hududida joylashganidan qat’iy nazar, ularga qo’ng’iroq kelganda, odatiy uzun gudoklar o’rniga kuy-qo’shiqlar va har-xil iboralarni tanlash va o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Xizmat aniq bir kunda yoki aniq bir tadbir bo’lganda (masalan, tug’ilgan kun, bayram, hafta kuni), shu jumladan, aniq bir vaqtda (masalan, 9:00-15:00) ma’lum abonentga yoki bir guruh abonentlarga kuy-qo’shiqni tanlash kabi qulayliklarga ega. «GOOD’OK» xizmati mobil telefonining istalgan modeliga mos keladi va telefonni qo’shimcha sozlashni talab etmaydi.

Hozirgi vaqtda abonentlar foydalanishlari mumkin bo’lgan «GOOD’OK» xizmatining kuy-qo’shiqlar to’plami 7000 dan ortiqni tashkil etadi.

«»GOOD’OK» xizmati — bu o’z tuyg’ularini izhor etish, o’zlikni alohida ko’rsatish, yaqinlar, do’stlar va xamkasblarni xursand qilish hamda ijobiy his-tuyg’ular bilan almashishning ajoyib usulidir. Xizmatning musiqiy to’plamidagi kuy-qo’shiqlar va xitlar sonining doimo ortib borishi har bir abonentga o’zining sevimli musiqasini tanlash imkonini beradi», — deydi MTS-O’zbekiston kommaniyasining tijorat buyicha bosh direktor o’rinbosari Nuriddin Shadmanov.

«GOOD’OK» xizmatining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni MTS-O’zbekiston saytidan ([url=http://www.mts.uz]www.mts.uz[/url]) olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq