«Taraqqiyot sari» Radio loyihasi ishga tushurilmoqda
25.04.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi bilan hamkorligidagi «AKT Siyosati» (ICTP) Loyihasi «O’zbegim taronasi» radiostansiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida yangi, «Taraqqiyot Sari» Radio Loyihasini ishga tushurmoqda.

Mazkur loyiha «O’zbegim Taronasi» radiostansiyasida bir oyda 2 marotaba, haftaning chorshanba kuni, soat 19:10da efirga uzatiladi. Loyihaning asosiy maqsadi — yurtimiz axolisini AKT soxasidagi bilimlarini oshirish, O’zbekiston hamda jaxonda AKT soxasida ro’y berayotgan yangiliklardan xabardor kilishdan iboratdir.

Xar bir radio loyiha AKT soxasidagi «Asososiy mavzu», «O’zbekiston va xorij yangiliklari», hamda interaktiv radio viktorinadan iborat bo’ladi. Xar bir eshittir so’ngida viktorina g’oliblari aniqlanib, ularga sovg’alar topshirilishi rejalashtirilgan. Radio loyihani «O’zbegim Taronasi» radiostansiyasining taniqli boshlovchisi- Dilmurod G’ulomov olib boradi.

Eslatib o’tamiz, «Taraqqiyot sari» radio loyihasi «O’zbegim Taronasi» radiostansiyasida bir oyda 2 marotaba, haftaning chorshanba kuni, soat 19:10da efirga uzatiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq