Muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi
13.04.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig’ilishda Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan 2008 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot resurslarini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Ushbu yo’nalishdagi faoliyat joriy yilda ham davom ettirilib, milliy axborot tizimini shakllantirish, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanilishi va ular asosida tadbirkorlik subyektlariga interaktiv xizmatlar ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Boshqaruv organlari, bank-moliya tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, yirik korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, baholash mezonlari tizimini takomillashtirish, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining kompyuterda ishlash ko’nikmalari darajasini oshirish choralari to’g’risidagi ma’ruzalar tinglandi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish bilan birga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish dolzarb masala ekanligi qayd etilib, Kengash a’zolari tomonidan 2009-2012 yillarda tayyorlanishi lozim bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar dasturi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi masalalar bo’yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengash va soha mutaxassislari tomonidan ko’rsatma va takliflar berildi.

Yig’ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq