Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi sohalarining 2009 yil I-choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari to’g’risida
04.04.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2009 yil I-choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag’ishlangan majlisi bo’lib o’tdi.

Majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidagi ma’ruzasida va ushbu yig’ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, modernizatsiyalashni davom ettirish, mahsulot va xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, eksportbop mahsulotlar turini ko’paytirish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’sirini bartaraf etish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Kompleks sohalarining hisobot davridagi faoliyati yakunlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etilishi bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi masalalar ko’rib chiqildi.

2009 yilning I-choragida Kompleks bo’yicha jami 387,8 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xizmatlar ko’rsatildi va 2008 yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 127,3 foizni tashkil etdi. Aholiga ko’rsatilgan pullik xizmatlar hajmi 207,7 mlrd. so’mni (140,0 foiz) tashkil etdi.

Eksport bo’yicha prognoz ko’rsatkichlari 144,7 foizga bajarildi. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha 30,88 mln. AQSH dollari o’zlashtirildi.

Kompleks tarkibidagi korxonalarning barqaror ishlashini va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini so’zsiz ta’minlash, mahsulot va xizmatlar tannarxini kamaytirish maqsadida moddiy resurslardan oqilona foydalanish, yoqilg’i va elektr quvvatini tejash, mahsulotlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo’yildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish va tadbirkorlik subyektlariga sifatli interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi hamda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining tajribasi ko’rib chiqilib, ish faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, majlisda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi, mahalliylashtirish va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha dasturlarning bajarilishi hamda me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko’rib chiqildi.

Majlisda ijro intizomini kuchaytirish, rahbarlar va mutaxassislarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida tegishli topshiriqlar berildi va qarorlar qabul qilindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq