An’anaviy shakldagi masofaviy ta’lim
23.03.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: N. Azizxodjayeva.

pic

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasi, shu jumladan, oliy ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Ammo barcha ham uzoq joylarga borib, universitetlarga o’qishga kirib oliy ta’lim ololmaydi. Shuning uchun ayniqsa, ko’pchilik chet el OTMlari diplomini taqdim etish bilan masofali ta’lim olishni taklif etadilar.

Masofali ta’lim G’arbda an’anaviy bo’lib qoldi: har bir yuqori mavqega ega bo’lgan universitet hozirgi kunda albatta, masofali ta’lim dasturiga ega. Ko’plab maxsus «masofali o’quv yurtlari» ochilmoqda, ulardan ko’pchiligi dunyoda mashhur va turli mamlakatlarda o’zlarining bo’limlarini ochmoqdalar (misol uchun, Britaniyada Open University). Tahminlarga qaraganda, aynan masofali ta’lim (an’anaviy o’qish shakllari bilan birgalikda) keng tarqalib boradi, ta’limning bu shaklini «kelajak ta’limi» deb atamoqdalar.

Ko’pchilik chet el davlatlari masofali ta’limni ustuvor yo’nalish deb e’lon qildilar va ushbu yo’nalishni rivojlantiirshga katta mablag’lar ajratmoqdalar. Ushbu jarayonni amerikaliklar boshlab berdilar (AQShda ta’lim ushbu turining juda ko’plab shakllari mavjud). So’nggi paytlarda ta’limning ushbu turi Yevropada ham faol rivojlanmoqda; Avstraliya ta’lim dasturlarini ommaviy ravishda kompyuter tiliga o’tkazib, ularni faol eksport qilmoqda.

Mamlakatimizda masofali ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko’pchilik masofali ta’lim — bu shunchaki bizga ma’lum sirtqi ta’limning yangi shakli deb hisoblaydilar. Ma’lum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson uyidan chiqmasdan o’qishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart dastur bilan zamonaviy kompyuteri bo’lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni aynan masofali ta’lim va zamonaviy tehnika hamda texnologiya bir-biridan ajralmasligidan iborat. Bugungi kunda talaba o’z mamlakatidan chiqmay turib, deyarli, barcha G’arb universitetlari dasturlari bo’yicha ta’lim olishi mumkin. Ta’lim siyosiy va iqtisodiy birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy foydalaniladigan bo’lib bormoqda.

Ma’lumki, masofali ta’limning ko’plab tushunchalari mavjud, lekin bizning fikrimizcha eng moslarini keltirib o’tamiz. Masalan:

«Masofali ta’lim deganda o’quv axborotlarini masofali almashish vositalariga asoslangan (yo’ldoshli televideniye, radio, kompyuter aloqasi va bosh.) maxsus axborot-ta’lim muhiti yordamida mamlakatda va chet elda aholi keng qatlamlariga ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari to’plami tushuniladi». Masofali ta’lim g’oyasida aynan ta’lim an’anaviy turlarida qabul qilingan (ham kunduzgi, ham sirtqi) «o’quvchilarning bilimga intilishlaridan» «bilimlarni o’quvchilarga qarab harakatlanishi» juda muhim. Dastavval masofali ta’lim oliy ta’limga ega insonlarning malakalarini oshirishlari uchun mo’ljallangan edi. Uning eng oddiy turi — bu avvallari ham mashhur bo’lgan televizion ko’rsatuvlar seriyasi hisoblanadi: butun bir kanal maxsus ta’lim dasturi uchun ishlaydi. Hozirgi kunda yanada kuchliroq texnikalar paydo bo’lishi bilan masofali ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda. Rossiyada siyosiy va iqtisodiy islohotlar sababli uning ba’zi oraliq bosqichlari o’tkazib yuborildi va eng ilg’or — Internet tarmog’i orqali ta’lim olish turi keng tarqaldi.

Jahon amaliyotida masofali ta’lim barcha kurslari uchun albatta sertifikat beriladi, uni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. Barcha kurslarda ham albatta bunday ishlar yaqin vaqtlarda amalga oshirilishi lozim. Bugungi kunda taklif etilayotgan ko’pchilik masofali ta’lim kurslari — bu qiziqishga asoslangan mashg’ulotdir. Faqatgina izlash serverlarining o’zi «masofali ta’lim» so’rovnomangizga minglab manzillarni ko’rsatib beradi.

Mamlakatimiz ta’lim muassasalari ham mana shu sohada juda faol qadamlarni amalga oshirmoqda. Masofali ta’limni Axborotli ta’minlash markazi tashkil etilgan. Universitetlar qoshida tashkil etilgan «masofali o’quv kurslari» mavjud. Ushbu tizimda kurslar o’zaro aloqada ish olib boradi, ya’ni talaba baravariga uchta serverlarda o’qishi mumkin.

Masofali ta’lim dasturi tarkibiga nimalar kiradi?
Bu dastur o’quvchiga faylda ma’lum bilimlar hajmi ko’rinishida kelib tushadi. Uni o’rganib chiqqandan keyin «talaba» dasturni «tekshirishni» ishga tushiradi -dastur unga savollar beradi.

Savollarga javoblar asosida o’quvchiga keyingi bosqichga o’tish taklif etiladi yoki uning tayyorgarligi yaxshiroq bo’lishi kerakligi xabar qilinadi. Aniq fanlarda bilimini baholash masalasi nisbatan oson hal qilinadi va bu yerda testlar qo’llanilishi o’zini oqlaydi, lekin gumanitar fanlarda albatta javobning matni kerak bo’ladi. Ko’plab oliy o’quv yurtlari tajribalari nazorat o’tkazishni sirtqi ta’lim shaklida bo’lgani kabi, kunduzgi o’qish mashg’ulotlari ko’rinishida o’tkazish yaxshi bo’lishini ko’rsatadi. Lekin, misol uchun, oliy o’quv yurti AQShda, o’quvchi esa — Rossiyada bo’lgan hollarda nima qilish kerak? Bu yerda albatta yozma imtihon yagona yo’li hisoblanadi. Mana shu sababli mamlakatimizda videokonferensiyalar usuli keng tarqalgan, bugungi kunda qo’llaniladigan o’qitish usullaridan biri quyidagicha bo’lishi mumkin: «Talaba» axborotni oladi, uni o’rganib imtihon topshiradi. Boshqa usul ham mavjud. O’quv materiallari serverga kiritiladi, ularni o’zlashtirib ma’lum vaqtdan so’ng nazorat ishini yozadilar. Shunday qilib, bloklar bilan o’quvchilar butun dasturni o’zlashtiradilar, keyin esa tashkilotchilar imtihonlar topshirish vaqtini belgilaydilar. G’arbda ko’chirib olishga odatlanishmagan: agarda bilim olishni xohlasangiz o’qish kerak.

Endi uyda o’tirish va g’arb namunasidagi diplom olish imkonidan tashqari masofali ta’lim nimasi bilan afzal ekanligini tushunib olish qoldi.

Uning xususiyatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda, moslashuvchanligi to’g’risida ta’kidlab o’tish zarur. Masofali ta’lim tizimida bilim oluvchilar odatda, leksiyalar va seminarlar kabi muntazam mashg’ulotlarga qatnamaydilar, balki o’ziga qulay vaqtda, qulay joyda hamda qulay sur’atlarda ishlaydilar. Haqiqatda bilim olishni istovchilar. Odatiy hayot tarzini buza olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun katta ustunliklari mavjud. Bundan tashqari, o’qishga kirish uchun talabadan ma’lum bilim darajasi talab qilinmaydi va har kim fanni o’zlashtirishi va baholanishi uchun qancha kerak bo’lsa, shuncha o’qishi mumkin.

Modullilik tamoyili masofali ta’lim dasturlari asosi qilib olingan. Har bir alohida kurs aniq bir fan to’g’risida yaxlit tasavvur hosil qiladi. Bu holat alohida kurslar-modullar to’plamidan individual yoki guruhlar (misol uchun alohida firma xodimlari uchun) ehtiyojlariga javob beruvchi o’quv dasturini tuzish imkonini beradi.

Jahon ta’lim tizimlarini o’rtacha baholash masofali ta’lim an’anaviy ta’lim shakllaridan ikki barobar arzon ekanligini ko’rsatadi. Milliy nodavlat masofali ta’lim markazlarining tajribalari mutaxassislarni tayyorlashga sarflanadigan xarajatlar kunduzgi o’qish shakli xarajatlariga qaraganda, tahminan 60 foizni tashkil qilishini ko’rsatadi. Materiallarning yuqori jamlanishi va uning unifikatsiyalashtirilishi (bir xillashtirilishi), ko’p sonli o’quvchilarga mo’ljallanganligi, o’quv maydonlari va texnik vositalardan yanada samarali foydalanish o’qitish tannarxining nisbatan pastligini ta’minlaydi.

O’qituvchining yangi rolini ham aytib o’tish zarur. Unga endi o’qitish jarayonini boshqarish, o’quv kursini o’zgartirish, individual o’quv rejasini tuzish bo’yicha maslahatlar, o’quv loyihalariga rahbarlik qilish va boshqa vazifalar yuklatiladi. U o’quv o’zaro yordam guruhlarini boshqaradi, o’quvchilarga ularning kasbiy o’z yo’nalishlarini aniqlashlarida yordam beradi. Masofali ta’lim tizimida o’quvchilar va o’qituvchining o’zaro aloqalari kompyuter tarmog’i orqali oluvchilar manzillariga axborotlarni o’zaro jo’natish ko’zda tutiladi. Bu esa kelib tushgan axborotlarni tahlil qilish va unga qulay vaqtda javob qaytarishga imkon beradi.

O’qitish yangi shaklida nazorat usuli sifatida masofali tashkil etilgan imtihonlar, suhbatlar, kurs va loyiha ishlari, eksternat, kompyuterli intellektual test tizimlaridan foydalaniladi. Masofali ta’lim sifatini nazorat qilish, Davlat test sinovi yagona tizimini yaratish yo’li bilan uning standartlarga moslashtirilishi muammosini muvaffaqiyatli hal qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida aytib o’tish zarur. Kurslarni akademik tan olinishi, an’anaviy o’quv yurtlarida o’tilganida ularning hisobga olinishi mumkinligi shunga bog’liq bo’ladi.

Masofali ta’lim, uzluksiz ta’lim tizimi shakllaridan biri hisoblanib, insonning bilim olish va axborotlardan foydalanish huquqini amalga oshirishga yo’naltirilgan. Masofali ta’lim har bir xohlagan inson uchun kasbiy faoliyati bilan bir qatorda asosiy yoki qo’shimcha ta’lim olishi imkonini beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq