ShK uchun bepul daturlar
11.03.2009
Rukn: Internet.
Muallif: .

pic

Ma’lumki, kompyuterdan foydalanish uchun uni sotib olishning o’zigina emas, balki dasturiy ta’minot ham zarur bo’ladi — uni ishga solish uchun xizmat qiluvchi (operatsion tizim, qurilmalar, drayverlar va boshqa) dasturlar bilan bir qatorda, amaliy ish faoliyatida zarur bo’ladigan (matn, grafik muharrirlari, Internet-brauzerlari, ta’limiy va ko’ngilochar dasturlar va hokazo) dasturiy ta’minotlar ham kerak bo’ladi.

Ayrimlar dasturiy ta’minotning asl nusxasini sotib olish o’rniga arzon yoki bepul turlariga ega bo’lishga harakat qiladilar. Biroq bepul yoki arzon narsalar foydadan ko’ra ko’pincha zarar keltiradi. Axir xalqimizda: «Arzon beillat bo’lmas, qimmat behikmat bo’lmas» — degan hikmatli iboralar bejiz aytilmagan.

So’nggi vaqtlarda, elektron sanoat geometrik progressiyaga asosan jadal sur’atlarda o’sib, endilikda kompyuterning o’zi emas, balki uning jamlovchi qismlari hamda dasturiy ta’minot qimmatbaho mahsulotga aylanib bormoqda. Biroq bu holat bilan bir vaqtda, fikrimizga qarama-qarshi tarzda dasturlarning ko’pchiligi ishlab chiqaruvchilarga yoki butunlay bepul yoki arzon, yoki shunchaki qo’l haqi sifatigina pullik bo’lishi mumkin.

Foydalanuvchilarga nisbatan bunday g’amxo’rlikning sabablari turlicha-ko’pincha bepul tarqatiladigan dasturlar boshqa, loyihachining pullik mahsulotlari (misol uchun shu dasturning ancha murakkab versiyasini) o’ziga xos reklamasi bo’lib xizmat qiladi. Endi boshlayotgan dasturchilar ham o’z mahsulotlarini ba’zan bepul tarqatadilar. Bir tomondan, «havaskorlik» dasturchalari kodining hajmi bo’yicha katta emas, uni yozishga ko’p vaqt sarflanmaydi va shunga mos dasturda amalga oshirilgan funksiyalari ham katta emas. Boshqa tomondan, boshlovchi dasturchi odatda o’z mahsulotlarini sotish uchun tijorat kanallariga ega emas. Bepul dasturlarni keng tarqatish esa ish taklif qilishi mumkin bo’lgan yoki xaridorlarning e’tiborini jalb qilishning yaxshi usuli hisoblanadi. Nihoyat qator dasturiy to’plamlar raqobatchi tijorat (pullik) dasturiy mahsulotlarini bozordan siqib chiqarish maqsadida bepul tarqatiladi. Shu bilan birga, ulardan ba’zilari ko’rsatilgan vazifasini bajarib bo’lishi bilan tijorat mahsulotiga aylanadi — bu an’anaviy demping siyosatiga aniq misoldir.

Turli «notijorat» dasturlari orasida o’ziga xos xususiyatli bir necha asosiy turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
freeware (erkin tarqatiluvchi dasturlar). Bu butunlay bepul tarqatiluvchi dasturlar bo’lib, ularning mualliflari to’lov bo’lishi haqida umuman fikr yuritmaydilar. Ba’zan tarqatish sharoitlarida mazkur dasturlardan foydalanishda faqat mualliflardan beruxsat ularni o’zboshimchalik bilan o’zgartirmaslik, ayrim holatlarda tijorat maqsadlarida ulardan foydalanmaslik talab etiladi xolos;
shareware (shartli ravishda pullik dasturlar). Bu turdagi dasturlar ham bepul tarqatiladi, ularning hujjatlarida, start zastavkasi yoki readme faylida «agar mazkur dastur sizga ma’qul kelgan bo’lsa, undan kelgusida ham foydalanishni istasangiz, quyidagi manzilga kichik mukofot yuborishingizni so’rayman» mazmunida muallifning iltimosi berilgan bo’ladi. Shunday ekan, istasangiz haqini to’lang — istasangiz bepul ishlatavering! Insof sari baraka;
demo- va trial-versiyasi (taqdimot va bir martalik dasturlar). Bu loyihachilar tomonidan reklama maqsadlarida bepul tarqatish uchun maxsus tayyorlangan tijorat dasturlari versiyalaridir. Namoyish versiyasi odatda cheklanmagan vaqt davomida foydalanish uchun mo’ljallangan, biroq pullik dasturning qisqartirilgan variantidan iborat bo’ladi, ya’ni barcha funksiyalari amalga oshirilmagan. Sinov versiyasi odatda yarim funksional bo’ladi, lekin u bilan tanishish uchun yetarli bo’lgan qisqa vaqt davomida (bir necha kun yoki hafta davomida, yoki ma’lum sonli miqdorda) ishlaydigan bo’ladi. Shundan so’ng dasturning ishlashi to’xtatiladi yoki namoyish etish versiyasiga aylanadi. Ba’zida sinov muddati tugagandan keyin sinov dasturi ishlayveradi, biroq doim ekranda qandaydir «xalaqit qiluvchi» element paydo bo’ladi, misol uchun uning tijorat versiyasini sotib olish zarurligini eslatuvchi ma’lumot paydo bo’ladi. Ba’zi hollarda demo va trial-versiyalari foydalanuvchi tomonidan ma’lum parolni, seriyali raqamini kiritilganida yoki dasturga maxsus «kalit faylini» qo’shimcha o’rnatilganda ishchi versiyasiga aylanadi — mana shu barcha ma’lumotlarni loyihachiga dastur haqi to’langanidan so’ng taqdim etadi;
adware (reklamani namoyish etuvchi dasturlar). Bunday turdagi pulsiz dastur odatda cheklanmagan vaqt davomida tijorat versiyasi kabi ishlaydi, biroq doim foydalanuvchiga reklama oynalarini — bannerlarni ko’rsatib, uni chalg’itib ishlashiga xalaqit qiladi. Jonga tegadigan reklamani «o’chirish» uchun tijorat versiyasi haqini to’lash kerak bo’ladi.

Bepul dasturni qayerdan topsa bo’ladi? Demo va trial-versiyalarini odatda loyihachi-firmaning o’zi hamda tijorat dasturlarini sotuvchilari do’konlarda, ko’rgazmalarda, oxirgi paytlarda esa Internet orqali tarqatadilar. Freeware va shareware-dasturlari Internet orqali tarqatiladi. Ularni bevosita loyihachilar saytlarida topish mumkin yoki yana ham qulay usuli maxsus saytlar — bepul dasturiy ta’minotlar kutubxonasidan olish mumkin. Bunday to’plamlar ularda taklif etiladigan dasturlar yo’nalishi bo’yicha aniq ajratilganligi bilan qiziqarli (bu holat o’z oldingizda turgan aniq masalani hal etish uchun dasturni tez topishga imkon beradi), sharhlar beriladi, bundan tashqari, ularda kompyuter viruslari yo’qligiga kafolat ishonchliroq bo’ladi (xususiy saytlarga doim ishonib bo’lmaydi).

Bepul dasturlar eng mashhur rus tilidagi kutubxonalardan biri — [url=http://www.free-ware.ru]http://www.free-ware.ru[/url] sayti hisoblanadi: bu yerda barcha ishlardan tashqari yangi dasturlar to’g’risida axborotni pochta orqali tarqatilishiga obuna bo’lish mumkin.

pic

Dasturiy ta’minotni arzon sotib olishning yana bir juda oson yo’li — bu firmalar dasturlari hamda ularni o’rnatish uchun parollar yashirin nusxalari bilan noqonuniy deb ataluvchi disklarini sotib olish hisoblanadi. Ammo litsenziyalashtirilmagan dasturiy ta’minotni o’z kompyuteringizga o’rnatar ekansiz, mualliflik qonunini buzayotganligingizni esdan chiqarmang. Bundan tashqari, bunday mahsulotlarning kamchiliklari ko’p bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, noqonuniy dasturlar yaxshi ishlashiga hech qanday kafolat yo’q, viruslar bilan zararlangan bo’lishi mumkin.

Kompyuter qaroqchiligi — alohida umumiy muammo hisoblanadi. Buning bir necha sabablari bor. Birinchisi — shunchaki psixologik sabab: iloji boricha, arzonga, yaxshirog’i umuman bepul olish istagi, sifati yaxshi bo’lmasa ham mayli. Boshqa bir sababi — obyektiv sabab: fan va ta’lim-dasturiy ta’minot asosiy iste’molchilarining mablag’lari yetarli emas. Yetarlicha mablag’ga ega bo’lganlar esa odatda faqat hordiq chiqarish xususiyatidagi dasturlar bilan qiziqadigan qarama-qarshi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan. Firmalar ham xuddi shunday: faqat katta korporatsiyalar va moliya muassasalari litsenziyalashtirilgan dasturiy ta’minotlarni sotib olishga qodirlar, kichik firmalarning esa bunga mablag’lari yetarli emas. Shuning uchun qaroqchilik — so’zsiz kompyuter bozoridagi salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, oxir-oqibat mavjud dasturiy ta’minot turlarini kamaytiruvchi zararli illat bo’lsa ham uning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari yo’qotilmagunicha hech qanday taqiqlashlar, taqib qilish va ishontirishlar litsenziyalashtirilmagan dasturlar oqimini to’xtata olmaydi. Faqat ma’muriy-jinoiy choralar esa agar dasturlarni to’la nazorat qilish mumkin deb taxmin qilsak (aslida, bu mumkin emas), fan, ta’lim va ishlab chiqarish qoldiqlarini ham tamoman barbod qilishi mumkin. Kompyuter qaroqchiligi muammosini faqat iqtisodiy yo’l bilan hal qilish mumkin: yo ko’rsatilgan fan sohalarini moliyaviy ta’minotini oshi-rish, yoki maxsus tijorat siyosatini ko’zda tutish kerak. Ba’zi loyihachilar buni tushunishga ulgurdilar. Misol uchun mashhur «1C» firmasi endi o’z mahsulotlarini ikki variantda, qimmat «qutili» (qog’ozli hujjatlari bilan chiroyli qutilarda) va soddalashtirilgan (faqat dasturli CD-diski) variantda ishlab chiqaradi. Soddalashtirilgan varianti arzon turadi, uning narxi qaroqchilik disklari narxlari bilan deyarli teng, narxlari bir xil bo’lganida har qanday tushunadigan odam firma mahsulotini sotib olishni afzal ko’radi. Shu sababli «1C» qaroqchilik dasturlari deyarli uchramaydi, ularni o’g’irlab tarqatish foydali emas. Boshqa firmalar ham o’rnak olmoqdalar, shunday qilib, kompyuter qaroqchiligi bilan kurashda katta o’zgarishlar yuzaga kelayapti deyish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq