TATUning yangi sport inshooti
10.03.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida zamonaviy talablarga javob beradigan muhtasham sport saroyi foydalanishga topshirildi.

pic

Ushbu majmua qurilishi sakkiz oy davomida jadallik bilan olib borildi. Natijada universitet talaba yoshlari uchun nihoyatda ko’rkam va chiroyli 400 o’rinli sport koshonasi qad rostladi. Endilikda yoshlar bu yerda mini futbol, voleybol, basketbol, gandbol o’yinlari bilan muntazam shug’ullanishlari mumkin. Shu tariqa yoshlarimizning sportga oshno bo’lishlari, sog’lom turmush kechirishlari uchun yana bir imkoniyat yaratildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq