Shaffof dizayn — yorqin yetakchilik
10.03.2009
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic

LG Electronics kompaniyasi mobil aloqa texnologiyasi va dizayni sohasida jahonda yetakchi sifatida, Ispaniyaning Barselona shahrida Xalqaro Mobil Kengash 2009 da dunyoda birinchi shaffof klaviatura bilan LG GD900 telefonini taqdim etdi.

LG kompaniyasi keng omma tomonidan tan olingan qator zamonaviy telefonlarga ega bo’lib, yana bir novatorlik modeli — kristaldek shaffof, go’yo shishadan yasalgan suriladigan klaviaturali LG GD900 telefonini namoyish etib, dizayn sohasida ildam qadam tashladi. Bu model zamonaviy dizayn faqatgina yorqin ranglardan foydalanish bilangina emas, balki shaffof ranglar orqali ham yaratilishi mumkinligini isbotlaydi.

pic

Tasavvurda yuzaga kelgan, LG-GD900 noyob telefoni yangi uslubiy yo’nalishga asos solishi mumkin. Xalqaro Mobil Kengash 2009 da LG-GD900 debyuti LG kompaniyasining dizaynerlik to’plamini kengaytirishi hisobiga mobil sanoat sohasida yetakchiligini mustahkamlashga sabab bo’ladi.

pic

Shaffof va e’tiborni jalb etuvchi LG-GD900 modeli yorqinligi bilan ajralib turadi, shuningdek uning sohibi ham. Telefonning surilib chiquvchi shaffof klaviaturasi ochilganida yorituvchi sovuq nur apparatning kumush tusli yoqimli nozik korpusida charaqlaydi.

Ammo a’lo darajadagi dizayn — konstruktorlar LG-GD900 ni yaratishda foydalanilgan yagona afzalligi emas. Mazkur modelning texnik ko’rsatkichlari yuqori darajada ishlangan bo’lib, premium-klass standartlariga javob beradi. Telefonga ajoyib Bluetooth-garnitura qo’shimcha qilingan. LG-GD900 funksiyalari orasida HSDPA 7.2 Mb/s, WEDGE, GPRS, EDGE kabilar mavjud. Telefonning o’lchamlari 105 X 52,5 X 13,4 mm.

LG-GD900 2009 yilning ikkinchi choragida chiqishi mo’ljallangan, shu vaqtda mazkur apparatning ilg’or funksiyalari to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar berilishi kutilmoqda. Shunga qaramasdan, Xalqaro Mobil Kengashga tashrif buyurganlar maftunkor LG-GD900 LG Electronics stendidagi (8-zal) eng hayratga soluvchi yangi modellaridan birini ko’rish imkoniga ega bo’ladilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq