O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari holati va uni rivojlantirish istiqbollari jurnalistlar diqqat markazida
10.03.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2009 yil 9 martda, Toshkentdagi «O’zbektelekom» AKning «Injener texnik markazi» filialida «O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari holati va uni rivojlantirish istiqbollari» mavzusiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillariga 2009 yil davomida telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kengaytirish va rivojlantirish, yangi xizmat turlarini tatbiq etish, ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatini oshirish, infratuzilma ob’ektlarini telefonlashtirish va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish, ayniqsa, qishloq joylarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi muhim vazifalar haqida ma’lumot beriladi.

pic

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o’rinbosari X.Muhitdinov Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilining muhim vazifalari, jumladan, qishloqda turmush sifatini tubdan oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilab berilganini ta’kidladi.

Ayni paytda barcha ATSlar sig’imi 2099,8 ming raqamga yetdi, ATSlarni raqamlashtirish darajasi 88,8 foizni tashkil etdi. Xalqaro Internet kanalni yanada kengaytirish natijasida 2008 yil oxirida uning umumiy hajmi 825 Mbit/sni tashkil qildi.

NGN tarmog’ini joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi. Next Generation Network — Kelgusi avlod tarmog’i — keng polosali paketli tarmoq asosida tashkil etilgan bo’lib, sifati kafolatlangan ko’plab turdagi telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishni va foydalanuvchining global mobilligini ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, bu videotelefon, videokonferensiyalar, Internetdan tezkor foydalanish, ma’lumotlarni tezkor uzatish, jumladan raqamli kanallarni ijaraga berish, IP-televideniye, multiservis korporativ tarmoqlar, IP-telefoniya, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, masofadan turib o’qitish, kompleks telematik tizimlar kabi ko’plab qo’shimcha xizmatlarga ega mahalliy, shaharlararo hamda xalqaro telefon aloqasidir.

Matbuot-anjumanida qayd etilganidek, mamlakatimizda an’anaviy telekommunikatsiyalardan NGN tarmog’iga o’tish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Xususan, zamonaviy transport infratuzilmasi tashkil etildi, tarmoqlarni raqamlashtirish nihoyasiga yetmoqda, abonentlar foydalanadigan tarmoqlar rekonstruksiya va modernizatsiya qilinmoqda, NGN tarmog’i uskunalari o’rnatilmoqda.

Anjumanda «O’zbektelekom» AKning filiallari rahbarlari ham ishtirok etdilar. Ular jurnalistlarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq