«Moviy tishning» rivojlanish istiqbollari
21.01.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda Bluetooth texnologiyasini qo‘llovchisi bo‘lmagan telefonni topish qiyin bo‘lsa kerak. Shuningdek, bu standartni qo‘llovchi noutbuklar ham kamyob emas. Bluetooth texnologiyasi cho‘ntak va shaxsiy kompyuterlar, mobil telefonlar, noutbuk, printerlar, raqamli fotoapparatlar, klaviatura sichqonchasi, djoystiklar, naushniklar, ishonchli, arzon, yaqin aloqa uchun barcha yerda mavjud radiochastota kabi uskunalar o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlaydi.

Bu texnologiyani eng ko‘p qo‘llanishi telefon va avtomobil uchun simsiz garnitura, shuningdek turli mobil uskunalar uchun stereonaushniklar hisoblanadi. Ommaviyligiga qaramasdan, ushbu standart o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishlatmaydi va bu bilan WiFi kabi simsiz texnologiyalaridan ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha ham, xavfsizlik bo‘yicha ham ortda qoladi. Ammo standart asosidagi zaxiralardan to‘liq foydalanilgani yo‘q. Bluetooth standartida radioaloqa maishiy asboblar va simsiz tarmoqlarda (aytgandek, ko‘pgina mamlakatlarda bu lisenziyalashdan ozod diapazon 2,4-2,48 GGs) qo‘llanadigan t.n. ISM-diapazonida (inglizcha Industry, Science and Medicine) amalga oshiriladi. Signal spektri FHSS (Frequency Hopping Spread Spectrum – soxta tasodifan ishchi chastotani tartibini o‘zgartirish) metodi bo‘yicha shakllanadi. FHSS metodini amalga oshirish oson, keng doirali shovqinlarga chidamlilikni ta’minlaydi, uskuna esa qimmatbaho emas.

Ehtimol, kirib kelayotgan 2009 yil “moviy tish” hukmronligida keskin o‘zgarishlar yili bo‘lishi mumkin.

Bluetooth 100 barobar tezlashadi
Bluetooth taraqqiyoti konsorsiumi Bluetooth 2.2 standartining yangi versiyasini e’lon qildi, u spesifikasiyasiga ko‘ra, ma’lumotlarni uzatish tezligini mos ravishda 10 va 100 barobar oshirishga imkon beradi. Yangi versiya 2009 yilning o‘rtalarida chiqishi kutilmoqda.

Bluetooth 2.2 ning asosiy yangligi deb ma’lumotlar uzatish tezligining bir necha barobar ortishi kutilmoqda.

Guruhning rejalariga asosan Bluetooth x10 i x100 nomi ostida ikki spesifikasiya taqdim etiladi. Ma’lumot almashishning yanada yuqori tezligini ta’minlash uchun birinchi spesifikasiya WiFi texnologiyasi bilan birgalikda ishlaydi.

Bu standart bugungi kunda ancha keng tarqalgan va ko‘pgina uskunalarda, shu jumladan uyali telefonlarda ham mavjudligi tufayli, aynan Bluetooth x10 bozorga birinchi bo‘lib chiqadi, so‘ngra esa keyingi spesifikasiya — Bluetooth x100 chiqariladi. U ultrakeng doirali aloqa texnologiyasini (UWB, IEEE 802.15.3a) ishga soladi va bugungi kunda standart taklif eta oladigandan ko‘ra 100 barobar katta tezlikni ta’minlaydi.

Bluetooth’ning zamonaviy versiyasi 3 Mbit/s tezlikdagi ma’lumotlarni uzatishga imkon berishini eslatib o‘tamiz. Yangi spesifikasiyalar tezlikni 30 va 300 Mbit/s gacha oshiradi, bu esa Bluetooth’ni potokli videoni uzatish uchun to‘laqonli asbobga aylantiradi. Solishtirib ko‘rish uchun, WiFi 54 Mbit/s gacha tezlikni ta’minlaydi va nisbatan yaqindagina Draft-N standartining yangi versiyasi bu ko‘rsatkichni 300 Mbit/s gacha ko‘tarishga imkon berdi.

Bluetooth’ning so‘nggi yangilash 2008 yil avgustda, Bluetooth SIG 2.1+EDR versiyani taqdim etganida amalga oshirildi. U yaxshilangan energiya sarflashni va ma’lumotlarni muhofaza qilishning yuqori darajasini taklif etishi kerak edi. Hozircha bozorda protokolning ushbu versiyasini qo‘llovchi uskunalar unchalik ko‘p emas, ammo Bluetooth 2.1 xavfsizligi borasida esa u bir qancha tanqidlarga uchradi.

Shunday qilib, ekspertlarning fikricha ([url=http://www.cnews.ru]www.cnews.ru[/url] ma’lumotlari bo‘yicha), protokolning yangi versiyasi – konsorsiumning va’dasiga qaramasdan – aksincha, kam himoyalangan va uni buzib kirish osonroq bo‘ldi. Bu ikki o‘xshash standartlarni solishtirganda, aynan xavfsizlikning yuqori darajasi WiFi’ning afzalligi hisoblanadi.

WiFi’ning yana boshqa afzalligi hozircha tezligi hisoblanadi. Bluetooth ushbu standartga hyech bo‘lmaganda bir ko‘rsatkich bo‘yicha yetib oladimi, yo‘qmi – buni yilning o‘rtasi ko‘rsatadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq